calendar 02 Feb 13:11
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina Moskvadan Il-76 da halok bo‘lgan askarlarining jasadini so‘radi

image

Ukraina rasmiylari Belgorod viloyatida Il-76 halokati oqibatida halok bo‘lgan harbiy asirlarning jasadini qaytarish bo‘yicha Rossiyaga murojaat qilgan, biroq Rossiya tomoni bunga munosabat bildirmagan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov ma’lum qildi. 

“O‘lim haqidagi ma’lumotlarga kelsak, Ukraina jasadlarni topshirish uchun ariza berdi va ariza berishda davom etmoqda. Hozircha Rossiya tomoni bunga rozi emas. Shu bois davlatimizning nafaqat Il-76 samolyoti qulashi holatlari, balki uning ichida nima bo‘lgani – u yerda odamlar bormi, o‘q-dorilar bormi, kimlar bo‘lgani yuzasidan xolis xalqaro tergov o‘tkazish talabi dolzarbligicha qolmoqda", uning so‘zlarini “Ukrainskaya pravda” keltirdi.

Yusovning ta’kidlashicha, Rossiya Mudofaa vazirligi halok bo‘lgan deb e’lon qilgan 65 nafar ukrainalik askarning maqomi o‘zgarmagan – ular hamon harbiy asirlar sanaladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 31 yanvar kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli harbiy asirlar almashinuvi Il-76 halokatga uchragan kuni to‘xtatilgan operatsiya deyarli yakuniga yetgan.

Jumladan, ayirboshlash doirasida 24 yanvar kuni almashtirilishi kerak bo‘lgan ukrainaliklar uylariga qaytgan. Rossiya tomoniga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lganlar ro‘yxatidan 65 kishi bundan mustasno.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Il-76 harbiy-transport samolyoti 24 yanvar kuni ertalab Belgorod viloyatida halokatga uchradi. Rossiya Mudofaa vazirligining da’vo qilishicha, bortda Belgorodga almashish uchun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik harbiy asir, shuningdek, olti ekipaj a’zosi va uch nafar hamroh bo‘lgan. Ularning barchasi, Rossiya rasmiylariga ko‘ra, vafot etgan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Il-76 halokatini terakt deb atadi va bunda Ukraina harbiylarini aybladi. Ukraina hukumati halokat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Ukraina harbiy razvedkasi 24 yanvar kuni Moskva va Kiyev asirlarni almashishga tayyorlanayotganini tasdiqladi va Ukraina tomonida Il-76 bortida kim bo‘lgani haqida ishonchli ma’lumotlar yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Shundan so‘ng, Vladimir Zelenskiy samolyot halokati bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilgandi.

Bundan oldin ham Putin samolyot Amerika yoki Yevropa mamlakatlariga tegishli qurollar yordamida urib tushirilganini taxmin qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo

21 Apr 08:34
 
328
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar