calendar 01 Feb 17:16
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kanada Bosh vaziri o‘lkada islomofobiya kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi (foto)

image

30 yanvar, seshanba kuni Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Kanadada yashovchi musulmonlar bilan uchrashdi. Bu haqda Kanada yetakchisi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

"So‘nggi oylarda Kanadada musulmonlarga nisbatan nafrat so‘zlari, kamsitish va islomofobiya dahshatli darajada o‘sdi", degan Tryudo.

Uning qayd etishicha, hech bir musulmonning muammolari e’tibordan chetda qolmaydi.

“O‘tgan bir necha oy musulmon va arab kanadaliklar uchun oson bo‘lmadi. Bugun men bilan gaplashgan va men bilan muammolarini baham ko‘rganlar – sizning dardingiz, qo‘rquvingiz va azobingiz e’tibordan chetda qolmadi. Men sizni eshitaman va barchasini yaxshilash uchun faoliyatimizga jiddiy yondashaman”, degan u.

Kanadaning Kvebek shahridagi masjidga hujumdan yetti yil o‘tib, musulmon jamoa bilan uchrashar ekan, Tryudo ular bilan birga bo‘lishi, jamiyatdagi islomofobiya illatini yo‘q qilishda yelkadosh ekanini aytdi.

“Biz musulmon do‘stlarimiz va qo‘shnilarimiz bilan birgamiz. Islomofobiyani yo‘q qilish va sizning jamoalaringiz, uylaringiz, ibodatxonalaringizning xavfsizligini ta’minlashga sodiq qolamiz”, degan 52 yashar Kanada Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tryudo Eronni dunyoni beqarorlashtirishda ayblagan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 May 14:33
 
3
0
qalampir.uz

Bishimbayevga sud hukmi o‘qildi

Ostonadagi Sud hay’ati Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevni rafiqasi Saltanat Nukenovaning vahshiylarcha o‘ldirilishida aybdor deb topdi va sobiq amaldor 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud jarayoni Qozog‘iston Oliy sudining YouTube'dagi kanali translyatsiya qilindi.  U qiynoq, shafqatsiz qotillik va jinoyatni yashirish moddalari bo‘yicha sudlangan. Uning amakivachchasi Baxitjan Bayjanov ham qotillikni yashirganlikda ayblanib, 4 yilga ozodlikda

13 May 08:44
 
27
0
qalampir.uz

Kolumbiya Prezidenti Netanyaxuni genotsidda aybladi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorida genotsid sodir etgan shaxs sifatida tarixga kiradi. Bu haqda Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdii. “Janob Netanyaxu, siz genotsid sodir etgan jinoyatchi sifatida tarixda qolasiz. Minglab begunoh bolalar, ayollar va qariyalar ustiga bomba tashlash sizni qahramonga aylantirmaydi. Siz Yevropada millionlab yahudiylarni yo‘q qilganlar qatorida bo‘lasiz. Genotsid din bilan bog‘liqmi yoki

11 May 15:53
 
25
0
qalampir.uz

Daryoga qulagan avtobus: qurbonlar yetti nafarga yetdi

Kecha, 10 may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘lovchi avtobusining daryoga qulashi oqibatida qurbon bo‘lganlar yetti nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozdi. Avvalroq, Sankt-Peterburg shahridagi Moyka daryosiga qulagan avtobusning haydovchisi Tojikistonda tug‘ilgan, ayni paytda Rossiya fuqarosi bo‘lgan Rahmatshoh Qurbonov ekani ma’lum bo‘lgandi. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, u transport vositasining tormozi ishlamay qolganini aytgan. Guvohlarning ay

14 May 14:33
 
4
0
qalampir.uz

Blinken kutilmaganda Kiyevga bordi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi. U Ukraina poytaxtiga Polshadan tungi poyezdda bugun, 14 may kuni erta tongda yetib bordi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller xabar berdi. Qayd etish joizki, bu Blinkenning Ukraina poytaxtiga Rossiyaning keng miqyosli bosqinchiligi boshlanganidan beri to‘rtinchi tashrifi. Safar davomida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashuvlar