calendar 01 Feb 16:05
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Olmaotada yaqin orada 12 balli zilzila bo‘lishi rostmi?

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Olmaota shahrida yaqin kunlarda 12 balli zilzila sodir bo‘lishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi buni rad etdi.

“Seysmolog olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyni prognoz qilishning deyarli imkoni yo‘q”, deyiladi ushbu xabarda.

FVV fuqarolardan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonib, xavotirga tushmasliklarini so‘ragan.

Shuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, yerda anomal zilzilani vujudga keltiruvchi o‘zgarishlar yo‘qligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 22 yanvar kuni Olmaotada 5 balli zilzila kuzatilgan va buning oqibatida 44 kishi jarohatlangandi. 30 yanvar kuni Olmaotada yana zilzila yuz berdi va seysmologlar zilzila kuchini 2 ballga baholadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
23
0
xs.uz

Yevropaning Ukrainaga “sovgʻa”si, Gʻazodagi urush va kelishuvga umid (+video)

Vositachilar Isroil va HAMASni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqdaQatar, Misr hamda Qoʻshma Shtatlar Isroil va HAMASni Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Chunki Isroilning davom etayotgan bombardimonlari 40 mingga yaqin falastinlikning hayotiga zomin boʻldi.Payshanba kuni eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda uch davlat Isroil va HAMASni Doha yoki Qohirada shoshilinch muhokamani qayta boshlashga va kechiktirmasdan bitimni amalga oshir

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

20 Jul 21:58
 
74
0
qalampir.uz

Bangladeshda politsiya 50 dan ortiq namoyishchini otib o‘ldirdi

Bangladeshda talabalar tomonidan uyushtirilgan ommaviy norozilik chog‘ida kamida 105 kishi halok bo‘lgan, ularning yarmidan ko‘pi politsiya tomonidan otib tashlangan. Bu haqda G‘arb axborot agentliklari xabar berdi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 700 dan ortiq odam, jumladan, 100 politsiyachi va 30 jurnalist yaralangan. AP muxbiri xavfsizlik kuchlarining olomonga miltiq otganini, shovqinli granatalar uloqtirganini va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatayotganini ko‘rganin

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi. Boshqalar-chi?

146 ta davlat ichida oʻtkazilgan jinoyatchilik va xavfsizlik indekslari asosida tuzilgan roʻyxatda Oʻzbekiston 120-oʻrinni egallagan. Jinoyat indeksida 29 ball, xavfsizlik indeksida 71 ball bilan Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy yetakchi sifatida qayd etildi.Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xususan, Qozogʻiston jinoyat indeksi boʻyicha 45.6 va xavfsizlik boʻyicha 54.4 ball, Qirgʻiziston esa mos ravishda 54.1 va 45.9 ball toʻplagan. Turkmaniston va Tojikiston esa ushbu r