calendar 01 Feb 13:22
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xalqaro sud Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosini qisman qanoatlantirdi

image

BMT Xalqaro sudi Rossiya rasmiylari 2014 yilda Ukraina sharqidagi ayirmachi guruhlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish holatlarini tekshirmagani uchun Moskvani “Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya”ning ayrim qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi. Bu haqda tashkilot saytida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.

Sud Rossiya tomonidan 2014 yildan keyin Qrimda joriy etilgan, ukrain tilida o‘qitishni ta’minlamaydigan ta’lim tizimi “Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyaning buzilishi, deb hisobladi.

Biroq BMT sudi ayblovlarning ikkinchi qismida Ukrainaning Qrimdagi qrim-tatarlari va ukrainlarga nisbatan irqiy kamsitish faktlarining aksariyatini isbotlanmaganini bildirdi.

Shuningdek, sud Donetsk va Lugansk ayirmachilarini terrorchi deb hisoblash uchun yetarli dalillarga ega emasligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilning 16 yanvarida rasmiy Kiyev Rossiya Federatsiyasini “Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya va “Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyani buzganlikda ayblab, Gaagadagi Xalqaro sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Ukraina tomoni o‘z da’vosida Rossiya ukrainlar va qrim-tatarlarni kamsitganini va Qrim-tatar xalqi majlisi faoliyatini taqiqlaganini qayd etgan. Shuningdek, Ukraina “vaqtinchalik bosib olingan Qrimda” odamlarning yo‘qolib qolishi, qotilliklar, noqonuniy qidiruvlar va hibsga olishlar bo‘lganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosi bo‘yicha vaqtinchalik qaror chiqarib, yahudiy davlatiga G‘azo sektorida genotsidning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
471
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

31 May 08:50
 
121
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

17 May 21:47
 
53
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age