calendar 01 Feb 13:22
eye 90
comments 0
comments Manba: postda.uz

MUAMMOGA YЕCHIM IZLAB...

image

Tahlillar shuni ko‘rsatmoq­daki, haydovchi va piyodalarda harakatlanish madaniyatining yo‘qligi ham katta-kichik «probka»larni keltirib chiqarmoqda. Tirbandliklarda harakatlanayotgan avtomashinalarning aksariyatini «Damas» yoki yo‘nalishdagi boshqa transport vositalari tashkil etyapti. Yo‘lovchi mashinalarning ko‘pligi esa jamoat transportining erkin harakatlanishiga xalaqit qil­moqda. Shu sababli hamkor tashkilotlar bilan yo‘llardagi tirbandliklarga chek qo‘yish maqsadida muayyan ishlarni olib boryapmiz. Jumladan, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat ishtirokchilariga qulay sharoit yaratish maqsadida yangi yo‘l belgilari, svetoforlar o‘rnatilyapti, yangi piyodalar o‘tish joylari tashkil etilmoqda. Haydovchi va piyodalarning yo‘llarda harakatlanish madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish ham doimiy e’tiborimizda. 

Yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish, haydovchilarga qulaylik yaratish maq­sadida viloyat IIB YHXB tomonidan viloyat hokimligiga qator takliflar kiritildi. Chunonchi, Namangan shahrining «Qo‘qon» va «G‘alcha» ko‘chalari kesishmasi o‘rnida aylanma harakatni joriy etish taklifi ilgari surildi. Qolaversa, shu kabi aylanma yo‘llarni «Uychi», Mashrab, Navoiy ko‘chalarida hamda «Marg‘ilon» va Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahalar o‘rnida ham tashkil etishni ko‘zda tutganmiz. Qolaversa, To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 

4R-120 avtomobil yo‘li kesishgan chorraha o‘rnida aylanma harakat yo‘lini bunyod etish tirbandlik muammosiga yechim bo‘lishi mumkin. 

Har qanday muammoning yechimi bor. Umid qilamizki, yuqoridagi kabi takliflarda ko‘zda tutilgan ishlar amali­yotga tatbiq qilinsa, yo‘llar­dagi tirbandliklar, qoidabuzarlik holatlari bartaraf etilishiga erishiladi. 

Botirjon BOYMIRZAYEV,

mayor.

Namangan viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 13:07
 
110
0
xs.uz

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tilga kirdi: Bobur haqida film suratga olinayotgani haqiqatdan yiroqligi maʼlum qilindi

Maʼlum qilinishicha, Bobur bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakat jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi.'Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan maʼlumot olish uchun bogʻlandim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qoʻshimcha xabar

26 Jul 10:18
 
29
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel

03 Sep 21:36
 
25
0
xs.uz

“Sharq taronalari”: oʻzbekcha kuylagan yapon qizi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Registonning muazzam maydoni uzra turli tillarda ijro etilayotgan kuy-qoʻshiqlarni ezgulik jarchisi, deyish mumkin.Dunyoning 80 yaqin davlatidan 400 nafardan ortiq musiqa sanʼati namoyandalari qatnashayotgan 'Sharq taronalari' XIII xalqaro musiqa festivali tanlovining dastlabki kunida Bolgariya, Latviya, Sudan, Gretsiya, Hindiston, Qozogʻiston, Eron, Turkmaniston, Yaponiya, Malayziya, Mongoliya, Ozarbayjon vakillari oʻz dasturlarini namoyish etdi.Yaponiya

03 Sep 21:36
 
29
0
xs.uz

Oʻzbek sanʼati ogʻir judolikka uchradi

Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2024-yilning 2-sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmanistonning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. U oʻzbek milliy qoʻshiqchilik sanʼatining rivojlanishida salmoqli hissa qoʻshib, bir nechta oʻlmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. Ayniqsa uning 'Sulton Jaloliddin', 'Kim ekan', 'Devona',