calendar 01 Feb 05:01
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yangi Namangan tumanida ayollar uchun kafolatlangan daromad manbai yaratilmoqda

image
Yoshlik mahallasida joylashgan Doston koʻchasida yashovchi Feruza Rahimova mahalliy hokimiyatning amaliy koʻmagi bilan oilaviy ahvolini yaxshilab olganlardan biri. Qaramogʻida uch nafar farzandi bilan roʻzgʻor tebratib kelayotgan ayolning turmush oʻrtogʻi oʻn yil avval vafot etgan boʻlib, Feruza farzandlariga ham ona, ham ota boʻlib qolgan edi. Yolgʻiz ona 2023-yilda 'Ayollar daftari' roʻyxatiga kiritildi va shahardagi kasbga oʻrgatish monomarkaziga hunar egallash uchun yoʻllandi. Qisqa muddatli kursni tugatganidan soʻng subsidiyaga tikuv mashinasi olib berildi.



' Ayol kishining qoʻlida hunari boʻlsin ekan, shunda roʻzgʻor yuritishda yaxshigina yordamchiga aylanadi, ' deydi Feruza opa. ' Kech boʻlsada monomarkazda tikuvchilikni oʻrganganim hayotimizni ancha oʻzgartirdi. Hozirda ayollar uchun liboslar, parda, dasturxon, choyshab kabi mahsulotlar tikib, daromad topyapman.

' Oʻtgan yili 'Ayollar daftari'da qayd etilgan xotin-qizlarning barchasini roʻyxatdan chiqarishga erishdik, ' deydi Yangi Namangan tumani xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Gulchehra Oxunova. ' Ularning 698 nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 140 nafariga subsidiya asosida zaruriy ish anjomlari olib berdik. 428 nafariga esa imtiyozli kredit ajratildi. Bugun bu opa-singillarimizning barchasi kafolatlangan daromad manbaiga ega. Ijtimoiy hayotdagi faolligi ham oshgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
33
0
xs.uz

Yangiyoʻl tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha boshlangan ishlar doimiy tahlil qilinmoqda

Jarayonning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Senat Raisi, ishchi guruh rahbari Tanzila Norboyeva tumanga tashrif buyurdi.Bugun hududlarda tomorqadan unumli foydalangan holda ikki-uch martadan hosil olib, yaxshigina daromad koʻrayotgan oilalar soni ortib bormoqda. Yangiyoʻl tumanida ham tomorqa yer maydoniga ega, lekin uning imkoniyatlaridan foydalanmayotgan xonadonlar ham bor.Ularga tomorqachilikning sir-asrorlarini oʻrgatish, har tomonlama koʻmak koʻrsatish maqsadida Yangiyoʻl t

11 May 16:17
 
26
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda 7 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi (video)

Joriy yilning 19 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida haydovchi 1 sinf o‘quvchisini urib yuborishi oqibatida bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Qayd etilishicha, haydovchi K.M. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi bilan 4K-307 “Shahrisabz-Miraki” avtomobil yo‘lidan Miraki yo‘nalishi tomon harakatlanib borib, yo‘lning Shahrisabz shahar “Uychilik” MFY, Fusunkor ko‘chasidan o‘tuvchi 2 kilometriga k

10 May 13:32
 
24
0
qalampir.uz

Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo‘lishi kutilmoqda – Suv xo‘jaligi vaziri

Joriy yilda Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev parlament eshituvida so‘z ochdi. Parlament quyi palatasi deputati Muqaddas Tirkasheva vazirning axboroti eshituvida O‘zbekistonning asosiy daryolariga suv kelish prognozlari bilan qiziqqan. “Darhaqiqat, 5 ta davlat suv limitlarini o‘zaro kelishadi. Oxirgi yig‘ilishimiz Chimkentda bo‘lib o‘tdi. Unda suv havzalaridagi suv holati muhokama qilindi

23 Apr 03:36
 
30
0
xs.uz

Ayrim shaxslarga benzin sotib olish uchun kompensatsiya beriladi

' urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;' urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;' mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;' I va II guruh bolalikdan nogironlar.Bunda, kompensatsiya summasining miqdori har chorakda chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng koʻp tarqalgan) muayyan markasining oʻrtacha sotish narxidan kelib chiqib, 20 litr avtomobil benzini qiymati miqdorida Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan