calendar 01 Feb 05:01
eye 53
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mahalla yoshlariga yangi qulayliklar yaratildi

image
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida davlat dasturlari doirasida izchil saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yili 60 oʻringa moʻljallangan 25-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun zamonaviy bino qurildi. Shu kunlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida mahalladagi 33-umumtaʼlim maktabiga 1 mlrd. 169 mln. soʻm mablagʻ sarflanib, qurib bitkazilgan yangi sportzal foydalanishga topshirildi.

' Bu mahallaning oʻziga xos tarixi bor, ' deydi Yozyovon tumani hokimi oʻrinbosari Mirzohid Hotamov. ' Bugun mahalla yoshlari ixtiyoriga topshirilayotgan ushbu muhtasham inshoot sport bilan shugʻullanish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Ishonamizki, yaqin istiqbolda Yangiboʻstondan ham chempionlar yetishib chiqadi.

Tantanali tadbir qatnashchilari yangi sport zalida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, maktab oʻquvchilarining turli chiqishlaridan bahramand boʻlishdi.

Aytish joiz, tuman maktablarida sport zallari soni 32 taga yetdi.

Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 17:47
 
88
0
qalampir.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,59 so‘mga tushdi va 12 586,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 42,44 so‘mga tushib, 13 716,26 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 0,41 so‘mga pastlab, 143,99 so‘mni tashkil etdi.

27 Jul 11:24
 
74
0
qalampir.uz

Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd so‘m ajratdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd so‘mga yaqin pul ajratgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimning matbuot kotibi Behzod Qobulov vaziyatga izoh berdi. Qobulovga ko‘ra, mazkur mablag‘lar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi” x

26 Jul 10:20
 
32
0
xs.uz

Ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻldi

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona 'Aminometil' hamda 3 dona 'Tropikamid' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.Shuningdek, ayblanuvchining yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dor

22 Jul 11:47
 
57
0
qalampir.uz

Ertaga havo harorati 41 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zgirdomet ertaga, 22 iyul kuni uchun ob-havo prognozlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikd