calendar 01 Feb 05:01
eye 68
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Boqiy Buxoro” turizm etnoparki loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqildi

image
Ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bir qatorda deputatlar, tadbirkorlar, nuroniylar, sayyohlik, sport, ekologiya sohalari xodimlari, davlat tashkilotlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbir avvalida viloyat hokimi B. Zaripov iqtisodiy-ijtimoiy jabhalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha soʻz yuritib, turizm yoʻnalishidagi imkoniyatlar xususida toʻxtaldi va 'Boqiy Buxoro' turizm etnoparki loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilganini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, bu etnopark 32,6 gektar maydonni egallaydi, shuning 23 gektarini yashil zona tashkil etadi. Mazkur loyiha Buxoroning sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻrinda gap avvalo, koʻhna shaharga tashrif buyuradigan mehmonlar hamda mahalliy aholiga qulayliklar yaratish haqida bormoqda. Zero, Buxoro turizmni rivojlantirish borasida juda katta imkoniyatga ega. Shu oʻrinda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan shahardagi qirqdan ziyod qadimiy yodgorliklarda restavratsiya, qayta tiklash ishlari olib borilayotganini, bu maqsad uchun 160 milliard soʻm ajratilganini taʼkidlash joiz.

Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi oʻrinbosari B. Shahriyorovning maʼlumot berishicha, Buxoroga xorijiy turistlar oqimi keskin koʻpayishi kuzatilyapti. Masalan, 2023-yilda 1 million 387 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Vaholanki, 2016-yil yakunida bu koʻrsatgich 169, 6 ming nafarni tashkil etgan edi. Yetti yil avval sohada 3,5 ming kishi ishlardi, endilikda esa ular soni 52 ming kishiga yetdi. Mehmonxonalar soni esa toʻrt baravarga koʻpaydi. Viloyatga xorijiy sayyohlar sonini 2030-yilga borib 5 million nafarga yetkazish koʻzda tutilmoqda. Bu esa infratuzilmani jadal rivojlantirishni taqozo etadi.

Shundan kelib chiqqan holda toʻplanganlarga xalq deputatlari viloyat Kengashi muhokamasidan oʻtkazilgan 'Boqiy Buxoro' etnoparki loyihasi haqida atroflicha maʼlumot berildi. U qadimiy shaharga yondosh hududda barpo etiladi. Boshqacha aytganda, Buxoro tarixiy markazining mantiqiy davomi vazifasini oʻtaydi.

' Etnopark turistlarni aeroport va temir yoʻl vokzalidan tarixiy markazga qulay harakatlanish imkonini yaratadi, ' dedi jumladan viloyat hokimi oʻrinbosari. ' Tanlangan hududda joylashgan maʼmuriy binolarda faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari binolarini boshqa joyga koʻchirilishi natijasida transport tirbandligi masalasi hal boʻladi, turistlar va aholi uchun yangi saylgoh yuzaga keladi. Turistlarni shahrimizda qolish vaqtini uzaytirish imkoni tugʻiladi, konsert, teatrlashgan tomoshalar, simpozium, forum, yarmarka va turli uchrashuvlar oʻtkazish uchun yangi maydon paydo boʻladi. Hunarmandchilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida imkoniyatlar kengayadi, minglab ishchi oʻrinlari yaratiladi.

Oʻz navbatida Buxoro tumanining shaharga tutash 'Bogʻidasht' mahalla fuqarolar yigʻini hududida 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻi barpo etish rejasi tuzilgan. Shu bogʻ bilan tutash joyda xalqaro andazalarga javob beradigan zamonaviy oʻyingoh barpo etiladi. Shahardagi ikkita yirik sport obyekti qurilishi ham poyoniga yetmoqda. Binobarin, oʻrnini etnopark egallashi kutilayotgan hozirgi stadion va boshqa obyektlar masalasida xavotirga oʻrin yoʻq.

Tadbirda bir guruh faollar, nuroniylar mazkur loyiha haqida ijobiy fikr-mulohazalar bildirib, oʻz takliflarini oʻrtaga tashladilar. Ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javob berildi.

Istam IBROHIMOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:32
 
36
0
qalampir.uz

Qarshida qimorda yutib berishini aytib, suhbatdoshini chuv tushirgan ayol ushlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida onlayn qimorda yutib berishini aytib, suhbatdoshini chuv tushirgan 24 yoshli ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. Qayd etilishicha, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 24 yoshli Sh.B. ariza bilan murojaat qilib, bank kartasidagi 3 mln so‘m puli noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.  O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati Qarshi tu

10 May 16:49
 
28
0
qalampir.uz

Dollar kursi rekord darajada oshdi 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,08 so‘mga oshdi va 12 718,08 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 61,70 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,09 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 0,30 so‘mga tushib, 137,82 so‘mni tashkil etdi.

10 May 16:31
 
19
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda ko‘chatlarni shikastlagan qo‘ylarning egasi 17 mln so‘m jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari orasiga qo‘ylarni haydagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Bildirilishicha, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan turli hududlarda reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida Qarshi tumani “Mang‘it”

11 Apr 13:59
 
54
0
qalampir.uz

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

2012 yilda Rossiya Federatsiyasi orqali Turkiyaga, u yerdan Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilgan Jaloliddin Rustamovich Mansurov qidiruvga berildi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Mansurov 2005 yilda Uchtepa tumanidagi agrar kollejiga o‘qishga qabul qilinadi, biroq, 2007 yilda 2-kursni bitirmay turib o‘qishni tashlab ketadi va bo‘yoqchilik ishlarida otasiga yo