calendar 31 Jan 17:50
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tayvan AQSHning qurboniga aylanishi mumkin –  Xitoy

image

Tayvan har qanday vaziyatda AQSH qo‘lidagi "piyoda" sifatida qurbon qilinishi mumkin. Buni bugun, 31 yanvar kuni Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi rasmiy vakili Chen Binxua ma’lum qildi. 

U AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Tayvan AQSHning yarimo‘tkazgich sanoatidagi biznesini tortib olgani haqidagi gapirganini eslatgan.

“AQSH har doim o‘zining “davlat manfaati birinchi” tamoyiliga amal qiladi, shuning uchun Tayvan istalgan vaqtda "piyoda" sifatida qurbon qilinishi mumkin”, deydi Chen Binxua Trampning bayonotlarini sharhlar ekan.
 
Ma’lumot uchun, Tayvan dunyodagi eng yirik yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, ular keng ko‘lamli ilovalarda – avtomobillar va smartfonlardan tortib harbiy texnikagacha qo‘llaniladi. Tayvanning TSMC kompaniyasi dunyodagi eng yirik o‘tkazgich chiplari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Xitoy markaziy hukumati va uning orol provinsiyasi o‘rtasidagi rasmiy aloqalar 1949 yilda Xitoy Kommunistik partiyasi bilan bo‘lgan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragan Chan Kayshi boshchiligidagi gomindan qo‘shinlari Tayvanga ko‘chib o‘tganidan so‘ng uzilgan. 

Orol va materik Xitoy o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980 yillarning oxirida qayta tiklandi. 1990 yillarning boshidan boshlab tomonlar nodavlat tashkilotlar – Tayvan bo‘g‘ozi orqali aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha Pekin assotsiatsiyasi va Taypey bo‘g‘ozlari almashinuv fondi orqali aloqa o‘rnatishni boshlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:55
 
80
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan