calendar 31 Jan 13:42
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tojikiston terma jamoasi 450 ming dollar bilan taqdirlandi

image

Futbol bo‘yicha Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogining 1/8 finalida guruhdan chiqqani va g‘alaba qozongani uchun 450 ming dollar oldi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi (TFF) prezidenti Rustami Imomali o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, chorak finalda Iordaniya termasi ustidan g‘alaba qozongan taqdirda, terma jamoa yana 200 ming dollar bonus oladi. 

“Rustami Imomali buyrug‘iga ko‘ra, guruhdan chiqqanidan so‘ng Tojikiston terma jamoasi 300 ming dollar miqdorida pul mukofoti oldi. Bundan tashqari, Tojikiston terma jamoasi 2023 yilgi Osiyo Kubogi 1/8 finalida Birlashgan Arab Amirliklari ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Tojikiston terma jamoasi uchun yana 150 ming dollar bonus ajratdi. Agar Osiyo Kubogi chorak finalida Iordaniya termasi ustidan g‘alaba qozongan taqdirda Tojikiston terma jamoasi qo‘shimcha 200 ming dollar oladi”, deyiladi manba xabarida.

Federatsiya rahbarining ta’kidlashicha, agar turnirda keyingi g‘alabalar qo‘lga kiritilsa, Tojikiston terma jamoasi katta sovrinlar bilan taqdirlanadi. 

Qayd etish joiz, Tojikiston terma jamoasi ilk bor Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda. Jamoa 28 yanvar kuni BAA termasini mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi. Asosiy vaqt va ikkita qo‘shimcha bo‘lim durang (1:1) bilan yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida Tojikiston jamoasi 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan chorak finalda Tojikiston terma jamoasi Iordaniya bilan kuch sinashadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
33
0
qalampir.uz

DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi

Bugun, 6 aprel kuni Toshkent shahrida futbol bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) kubogi bahslarining Toshkent shahar bosqichi yuzasidan brifing o‘tkazildi. Brifingda futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berilgani e’lon qilinib, mahallalar o‘z jamoalarini tayyorlashi, tegishli komissiyaga hujjatlarini takdim etishi so‘raldi.  Tadbirda Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman bo‘limlari boshliq

10 May 15:40
 
41
0
qalampir.uz

Fayzullayev va Husanov Olimpiadada qatnashadimi? Kapadze javob berdi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov, Hojimat Erkinov, Umarali Rahmonaliyev va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kabi legionerlar katta ehtimol bilan shu yili yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Umid qilamanki, legionerlarni tarkibga jalb qilishda muammolarga duch kelmaymiz, boz ustiga klublar uchun

23 Apr 03:36
 
58
0
xs.uz

«Parij-2024» Olimpiadasiga yana 5 ta yoʻllanma qoʻlga kiritildi

Ushbu musobaqalarda baydarka va kanoechilarimiz 'Parij-2024' Olimpiada oʻyinlariga 3 ta, akademik eshkak eshuvchilarimiz esa 2 ta yoʻllanmaga sazovor boʻlishdi. Jumladan, baydarka va kanoe boʻyicha Yekaterina Shubina (K1 500 metr), Nilufar Zokirova (C1 200 metr), Shahriyor Mahkamov (K1 1000 metr), akademik eshkak eshish boʻyicha, Anna Prakaten (W1x), Shahzod Nurmatov, Sobir Safaraliyev (LM2x) yoʻllanmalarga ega chiqdi.

10 May 13:31
 
15
0
qalampir.uz

“Special one” sobiq klubiga qaytishi mumkin

Portugaliyalik mashhur murabbiy Joze Mourino yana Angliyaning “Manchester Yunayted” klubini boshqarishni istamoqda, ammo klub mutaxassisni ortga qaytarish niyatida emas. Bu haqda “Manchester Evening News” xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, Mourino ishonchli odamlariga ikkinchi marta “Man Yunayted”ni boshqarish uchun Angliyaga borishga tayyorligini bildirgan.  Qayd etish joiz, Mourino 2016 yilning may oyida klub bosh murabbiyi sifatida Lui van Galni al