calendar 31 Jan 13:42
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mask "taxtdan tushdi". Ayni paytda dunyoning eng boy odami kim?

image

Amerikaning Forbes jurnali dunyodagi eng boy odamlarning yangi reytingini taqdim etdi.

Ro‘yxatga ko‘ra,  LVMH guruhi rahbari (Christian Dior, Louis Vuitton, Moët & Chandon va boshqa brendlarga ega) rahbari Bernard Arno Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylandi. Ayni paytda fransuz biznesmenining boyligi 207,6 milliard dollarga baholanyapti. “Tesla” bosh direktorining mablag‘i esa 204,7 milliard dollarni tashkil qiladi.

Bir yil avval LVMH rahbari Ilon Mask va Jeff Bezosdan keyin uchinchi o‘rinni egallagandi. O‘tgan hafta bor-yo‘g‘i bir kun ichida Arnoning boyligi 22,7 milliard dollarga o‘sgan va bu 12,3 foiz degani. Mask esa o‘sha kuni 18 milliard dollar yoki kapitalining 8,1 foizini yo‘qotgan.

Arno boshchiligidagi eng yirik hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi LVMH 2023 yil uchun rekord ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
 
O‘tgan yili nufuzli brendlarning butun qatoriga egalik qiluvchi kompaniyalar – “Louis Vuitton”, “Christian Dior”, “Fendi” va “Tiffany & Co.”ning daromadi keskin oshdi va 86,2 milliard yevroga yetdi. Bu 2022 yilga nisbatan 13 foizga ko‘p va tahlilchilar tomonidan bashorat qilingan 85,74 milliard yevrolik ko‘rsatkichdan ham o‘tib ketdi. LVMH Group'ning foydasi chakana savdo bilan bog‘liq bo‘lib, uning 25 foizga ortishi kuzatildi.

Fransiyalik milliarder, shuningdek, 2024 yil uning biznesi uchun alohida yil bo‘lishidan umidvor va LVMH joriy yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga homiylik qilishini aytib o‘tdi.
 
O‘z navbatida, Maskga tegishli “Tesla” kompaniyasining ham sof foydasi 7,93 milliard dollarga oshgan bo‘lsa-da, biroq bu asosan 5,75 milliard dollar miqdoridagi bir martalik soliq imtiyozlari orqali qo‘lga kiritildi.
 
Mutaxassislar 2024 yilgi global avtomobil sanoati uchun qiyin pallani boshdan kechirishini bashorat qilyapti. Hatto Tesla rentabelligi sezilarli darajada pasayishi mumkin. Bu Uoll-stritdagi bir qancha tahlilchilarni avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha taxminlarini qayta ko‘rib chiqishga undadi va bu kompaniya aksiyalari narxiga ta’sir qilmasdan qolmadi.
 
Daromad e’lon qilinganidan keyin Tesla aksiyalarining qiymati 12 foizga tushib ketdi. Shunday qilib, Ilon Mask “Forbes” ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ulkanbayeva Rayxona


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
475
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

31 May 08:50
 
123
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

31 May 08:50
 
36
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres

31 May 08:50
 
34
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning