calendar 31 Jan 09:17
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AI-80 da yuradigan mashinalar havoni eng ko‘p ifloslantiryapti – Ekologiya vaziri

image
Mirziyoyev AI-80 markali benzindan voz kechish bo‘yicha topshiriq berdi north_east

Mirziyoyev AI-80 markali benzindan voz kechish bo‘yicha topshiriq berdi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Toshkent shahri havosidagi PM 2,5 zarralarining 60-65 foizi AI-80 benzinida yuradigan mashinalardan chiqadigan zarrachalar hisobiga ko‘payganini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi chiqishida ma’lum qildi.

“Bundan tashqari, oxirgi yillarda yerlar degradatsiya bo‘lishi oqibatida Qozog‘iston va o‘zimizning cho‘llangan hududlardan mayda zarrachalar ko‘tarilib, Toshkent shahrida PM2,5 zarrachalarining ko‘payishiga olib keladi. Bu taxminan 15-20 foiziga to‘g‘ri keladi”, deydi Abduhakimov.

Vazirning aytishicha, PM2,5ning qolgan 20 foizi ko‘mir va mazut yoqish ko‘paygani va sanoat korxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, u yuqorida sanalgan raqamlar birgina O‘zgidromet xizmati agentligida emas, balki xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida ham ko‘rsatilganini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, vazir atmosfera havosiga tashlamalar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent viloyati (679,7 ming tonnani tashkil etgan) hissasiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bunda avtotransport vositalarining ulushi 252,1 ming tonna, sanoat korxonalarining ulushi 427,6 ming tonnani tashkil etgan. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrida atmosfera havosiga 417,6 ming tonna, xususan, avtotransport vositalaridan 396,6 ming tonna yoki 95 foiz, sanoat korxonalaridan 21 ming tonna yoki 5 foiz tashlamalar chiqarilgan.

Shuningdek, vazir Toshkent atmosfera bo‘yicha qizil toifadagi shaharlar sirasiga kiratganining omillaridan biri shaharning bosh rejasi tasdiqlanmagani ekanini aytdi. 

“Shaharsozlik bosh rejasi tasdiqlanmasdan qurilish bo‘lyapti. Yashil zona qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda qurilish amalga oshirilmasligi kerak, lekin bosh reja bo‘lmagani bois biz bilolmayapmiz. Masalan, so‘ngi 5 yilda Toshkentda 5400 ta ob’ekt barpo etilgan”, deydi Abduhakimov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
15
0
xs.uz

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlariga oid muhim Qonun qabul qilindi

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi normalar mavjud boʻladi.Shuningdek, tadbirkorlik

09 Oct 17:33
 
7
0
xs.uz

Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi

Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. 'Damas' mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.'Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda b

09 Oct 18:10
 
7
0
xs.uz

Ikki hududda “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Xorazm va Samarqand viloyatlarida xorijiy valyutalarni noqonuniy ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Departamentning Payariq va Qo'shrabot tumani bo'limi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Q.ga 4 000 AQSH dollarini 50,9 million so'mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan u

09 Oct 18:32
 
9
0
xs.uz

Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson aʼzolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning maʼlum qildi.Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan