calendar 30 Jan 16:37
eye 105
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

image

Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mamlakatning Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

"Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentning O‘zbekiston manfaati yo‘lida qilgan ishlari, insoniy fazilatlari yodga olindi", deyiladi xabarda.

Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan rasmlardan ko‘rinadiki, marosimda Birinchi prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova Akbarovna ham qatnashgan. 

Qayd etilishicha, Birinchi prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilgan.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan. U 1991 yildan 2016 yilgacha davlat rahbari bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
49
0
xs.uz

Sifatli taʼlim qaygʻusi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang

31 May 08:49
 
39
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz

08 Jun 02:26
 
29
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz

15 Jun 10:46
 
21
0
xs.uz

Bugun havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

'Oʻzgidromet' 15-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 36-38html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.