calendar 30 Jan 09:47
eye 118
comments 0
comments Manba: postda.uz

Intiluvchan va izlanuvchan

image

Kichik serjant Iqboljon Kuylanov ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2007-yilda Andijon viloyati IIB PPX va JTSB kinologiya xizmatida kichik inspektor-kinolog sifatida boshlagan. U bu lavozimda 12 yil xizmat qildi va o‘z ishiga sodiq chinakam mutaxassisga aylandi. 

2019-yildan buyon u Andijon viloyati IIB nazorat-o‘tkazish punktida xizmat qilmoqda. Uning vazifalariga xizmat guvohnomalarini tekshirish, vaqtinchalik ruxsatnomalar berish va atrofdagi hududni qattiq nazorat qilish kiradi. Xizmat yillari davomida kichik serjant I. Kuylanov kichik serjant Jahongir Sattiev, safdorlar Odiljon Saminjonov, Iskandar Onarbekov va Hojiakbar Umaraliev kabi bir qancha munosib shogirdlarni tarbiyaladi.

– Xizmat qiyin emas, lekin alohida e'tibor, intizom va mas'uliyat talab qiladi, – deydi kichik serjant I. Kuylanov. – Xodimlarni ish tartibiga muvofiq nazorat-o‘tkazish punkti orqali belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi bilan ob'ekt hududiga kiritish va chiqarish kerak. Taqdim etilgan hujjatning barcha elementlarini diqqat bilan tekshirish lozim. Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman. Doimo oldinga intilishga va kasbiy mahoratimni oshirishga harakat qilaman. 

Hozirda kichik serjant I. Kuylanov Andijon davlat universiteti sirtqi bo‘limining 4-kurs talabasi. U o‘qishni tamomlab, ofiser bo‘lishni va patrul-post xizmatida faoliyat yuritishni maqsad qilgan.

Boris KLEYMAN, 

o‘z muxbirimiz.

Andijon viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Fuqarolar kredit olishni oʻz-oʻziga taqiqlashi mumkin boʻladi

Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan oʻziga oʻzi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Bu oʻzgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.Mazkur xizmat yoqib qoʻyilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn oʻrgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz boʻlib qoladi.Xizmatdan foydalanish uchun Kr

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi ilk bor 12 800 soʻmga yaqinlashdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'19,86'soʻmga oshdi va'12 794,88'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'68,94'soʻmga tushib,'14'021,91'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,61'soʻmga pastlab,'132,99'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:36
 
7
0
postda.uz

Hushyorligi natijasida

Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Chorbogʻ” mahallasida faoliyat yuritadigan profilaktika inspektori, leytenant Shohrux Amriddinov hushyorligi natijasida tungi paytdagi xizmati davomida bir jinoyatni “issiq izida” fosh etishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni u shahrimizda davom etayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish “dolzarb” oylik munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir chogʻida oʻziga biriktirilgan mahalla hududida joylashgan eski-tuski sotiladigan bozorcha hududida bir shaxs