calendar 29 Jan 11:43
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Transport vaziri, YHXX boshlig‘i hamda bir qancha amaldorlarga “hayfsan” berildi

image

Transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilindi va oxirgi ogohlantirish berildi. Bu haqda Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ushbu yig‘ilishda mazkur tizimda 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta kompaniya, hududlarda qurilish, uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohalariga mas’ul hokim o‘rinbosarlari borligi, poytaxt va Toshkent viloyati hokimlariga qurilish va kommunal sohaga alohida o‘rinbosar berilganiga qaramay, bu kompleks xalq eng ko‘p norozi bo‘lib murojaat qiladigan sohalardan biri ekani qayd etildi.

Davlat rahbari qurilish sohasiga zamonaviy standartlarni joriy qilib, qurilish normalarini yangilash, ichimlik suvi tannarxi va tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirish, mahalliy aviareyslarni ko‘paytirish, Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini yaxshilashdagi kamchiliklarni birma-bir sanab, mutasaddilarning bu boradagi ishlari qoniqarsiz ekanini bildirdi.

Shu munosabat bilan Transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevgaga “hayfsan” e’lon qilindi va oxirgi ogohlantirish berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda O‘zbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov ogohlantirilgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
66
0
xs.uz

Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyning 'Zhongtong Bus' kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 'Turon-95 MBI' MChJ tomonidan olib kelingan.'Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi', deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili 'Ekspress dolina' MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan

23 Mar 16:43
 
53
0
xs.uz

Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.Bildirilishicha, yigʻilishning asos

04 Apr 16:19
 
56
0
xs.uz

Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli

20 Mar 12:53
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal