calendar 28 Jan 10:52
eye 132
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zokirjon Almatov Qora qamishdagi jinoiy to‘dalar haqida gapirdi

image

Ko‘pchilikka ma’lum 2023 yil so‘nggida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri o‘tkazilib, Respublika ko‘plab jinoyatchilardan tozalandi. Har xolda Toshkent shahar IIBB shunday ma’lumot berdi. Uyushgan guruhlar, unga boshchilik qilganlar, o‘zini muammoni hal qiluvchi odamdek tutganlarning barchasi qamoqqa olingani aytildi. 

Qo‘lga olinganlar orasida “Baxti Tashkentskiy” laqabli Baxtiyor Qudratullayev, “Saidaziz Medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev, “Buzruk” laqabli Buzruk Akmalovich Buzrukov “Zavxoz”, “Ziki eski shahar”, xalq orasida “Salimboyvachcha” deyiladigan Salim Abduvaliyev va boshqa ko‘plab shaxslar qo‘lga olindi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

26 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2023 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishida so‘zlagan sobiq ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov aynan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri haqida so‘z ochdi.

“Yaqinda O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi bir necha oylardan beri tayyorgarlik ko‘rilgan katta tadbir o‘tkazildi. Og‘ir jinoyat sodir qilganlikda ayblangan 230 dan ortiq shaxs ushlanib jinoiy javobgarlikka tortilyapti. Ko‘p yoshlarimiz jinoiy to‘dalarga kirib ketishgan. Bu bizning ham aybimiz: odamlar qiynalgan, tovlamachilik qurboni bo‘lgan. Bu masalalarga e’tibor bermaganimiz eng katta kamchiligimiz bo‘lsa kerak. Jinoyat olamining ko‘zga ko‘ringan shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilib, hozir qamoqda o‘tiribdi. O‘zining xatti-harakatlariga javob bera olishmayapti. Shu odamlarga yetarlicha tarbiya berilmagani, tushuntirish olib borilmagani uchun vaziyat shu darajaga yetdi. “Qoraqamish zonasi”dagi uyushgan jinoyatchilarning ichidan 40 tadan 50 tagacha yosh sportsmen bolalar ta’magirlik bilan shug‘ullangan, kuch ishlatib, tovlamachilik, bosqinchilik qilgan”, deydi Zokirjon Almatov.

IIV maslahatchisiga ko‘ra, 2022 yilga qaraganda 2023 yilda ayrim jinoyatlar soni kamaygan. U jinoyatchilik statistikasiga to‘xtalar ekan afsus bilan nomusga tegish, oilaviy zo‘ravonlik jinoyatlari ortib borayotganini qo‘shimcha qildi.

“Jami jinoyatlar 1,2 foizga qisqarib, 2000 dan ortiq jinoyatlarni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldik. Eng og‘ir jinoyatlardan bo‘lgan qotilliklar kamaydi. Biroq ayni paytda og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati – 11,7 foizga, nomusga tegish – 26 foizga ko‘paygan. Eng og‘ir jinoyatlardan biri hisoblangan bosqinchilik jinoyati – 28,4 foizga, talonchilik – 11,8 foizga, firibgarlik – 15 foizga, o‘g‘rilik jinoyati – 2,5 foizga qisqarishiga erishildi. O‘lim bilan bog‘liq YTH – 6,6 foizga kamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxslarni soni ham 1,4 foizga qisqardi. Avval bu raqamlar 90 ming bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 88 mingga kamaygan. Bugunga kelib 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan jazoga tortilganlar soni 3,6 foizga qisqardi. Lekin 14-18 yoshlar orasidagi jinoyatchilik 15,6 foizga oshib ketdi”, deydi sobiq vazir. 

Almatovning aytishicha, u ko‘plab ommaviy axborot vositalarini muntazam kuzatib boradi. Jumladan, QALAMPIR.UZ’ni ham. Uning aytishicha, jurnalistlar ko‘pincha ichki ishlar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni yozadi. Ichki ishlar vaziri maslahatchisiga ko‘ra, IIO xodimlari tomonidan sodir etilgan nojo‘ya harakat, qiynoqqa solish holatlari yoki boshqalar tahlil qilinadi va xodimlarga qattiq jazo beriladi.

Almatovning qiynoq deb qaysi holatlarni keltirganini tushungandirsiz. Yodingizda bo‘lmasa eslatib o‘tamiz. Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga jalb etilgan fuqaro qiynoq oqibatida vafot etgani, bundan tashqari Andijon va Qashqadaryoda, Chilonzor tuman IIBda yosh yigit o‘z joniga qasd qilgani, yaqinda esa Chirchiq shahar IIBda o‘zini osgani, ammo badanida jarohatlari borligi aytilgan 22 yoshli bolaning o‘ligi chiqqani. Bu holatlarni ko‘pchilik eslaydi. Sobiq vazirga ko‘ra qiynoq qo‘llaganlarning barchasi o‘z jazosini olmoqda.

“Ichki ishlarning bir nechta xodimlari jinoyatni ochaman, deb fuqarolarga qiynoq qo‘llagani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. Bizning asosiy maqsadimiz, tizimda professionallarning ishlashi. Tizimdagi ayrim xodimlarning qilg‘ilig‘i oqibatida vafot etganlar ham bo‘ldi. Ularga juda qattiq jazo berildi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deydi Almatov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
33
0
xs.uz

Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja

24 Mar 13:25
 
87
0
xs.uz

Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi

Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j

04 Apr 16:19
 
55
0
xs.uz

Oʻzbekistonda elektr energiyasini qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali ham olish boshlanadi

Oʻzbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalishdagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Prezidentning 2025-yil 24-martdagi PQ-116-son, PQ-117-son va PQ-118-son qarorlari qabul qilindi.Qarorlarga koʻra, Toshkent shahri va Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechiml

12 Apr 21:14
 
34
0
xs.uz

Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi

Oʻzbekistonda ilk bor tarixiy Samarqand shahri BMTning '2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish' mavzusida boʻlib oʻtadigan 'Davlat xizmati forumi ' 2025' nufuzli forumiga mezbonlik qiladi.Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.Mazkur forum joriy yilning 23-iyun sana