calendar 27 Jan 21:13
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sudyalar oliy kengashida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi

image

Sudyalar oliy kengashining sudyalik lavozimlariga tanlash va tayinlashga doir ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi. 

Yig‘ilishda vakolat muddati yakuniga yetgan sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingan.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Ilhom Yo‘ldoshev Bobojonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Hasan Mamarasulov Boltaboyevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati Forish tuman iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • G‘ulomjon Kushiyev Yoqubjonovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Xorazm viloyati Urganch tumanlararo ma’muriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Aziz Bo‘riyev Abdukaimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Muzaffar Hakimov Abdullayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, vakolat muddati yakuniga yetgan:

  • Dilshod Soatov To‘ychiyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyati Chust tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Dilmurod Ochilov Madaminovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Navoiy viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Sardorbek Matniyozov Hojinazarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Abdusaid Hojiyev Xudoyberdiyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Abror Qudratov Hamidullayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Feruza Mo‘minova Ismoilovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Latofat Muhammadiyeva Asqarovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Majid Nabiyev Sa’dullayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
  • Tolmas Jabborov Ro‘zimurodovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari:

  • Rustam Hoshimov Furkatovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Bolat Sultonov Rahmonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
22
0
xs.uz

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boshlandi

Davlatimiz rahbari koʻp millatli xalqimizni bugungi ulugʻ ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, barchaga oʻzining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.'Mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho neʼmat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik. Bu bilan

10 Oct 15:26
 
12
0
xs.uz

Yangi texnika vositalari bir kunda 30 tonna paxta teryapti

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyatida paxta xomashyosini yigʻib olish mavsumi avj pallada. Joriy yilda mehnatkashlar mashaqqatini aritish maqsadida 41 ta yangi terim mashinalari olib kelindi.Shu kungacha viloyatda 30 ta ana shunday texnika vositalari mavjud edi. Xitoy, AQSH, Turkiya kabi davlatlardan keltirilgan terim mashinalarining har biri kuniga oʻrtacha 10 gektar maydondan 30 tonnagacha hosil yigʻib olmoqda.

08 Sep 16:44
 
34
0
xs.uz

Jizzaxda soxta bankirga ishongan ayol 20 mln soʻmga chuv tushdi

Jizzaxda oʻzganing nomiga 20 million soʻm onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi M.S. (ayol) ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etgani aniqlangan.Manbaga koʻra

10 Oct 07:19
 
15
0
xs.uz

10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15