calendar 27 Jan 15:47
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukrainalik qochqinlar soni 10 millionga yetdi – BMT

image

Ukrainada boshlangan urush tufayli 10 millionga yaqin ukrainaliklar uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ularning qariyb 6,3 millioni xorijga ketgan, yana 3,7 millioni Ukrainaning boshqa mintaqasiga ko‘chib o‘tgan.  Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, ukrainalik qochqinlarning 47 foizi ayollar, 33 foizi esa bolalardir.

Grandiga ko‘ra, qochqinlarning odatdagi yashash joyiga qaytish uchun ommaviy harakatlar hali tashkil qilinmagan.

Shuningdek, tashkilotning qochqinlar bo‘yicha agentligi 27,5 mingdan ortiq uyni tiklashga yordam bergani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Ukraina Prezidentining maslahatchisi Sergey Leshchenko Ukrainadan qochqinlarni qabul qilgan Yevropa davlatlarini ularni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga va ukrainaliklarni vatanlariga qaytarishga chaqirgandi. 

Leshchenko o‘z chaqirig‘ini Ukraina Yevropa jamiyatiga qo‘shila boshlashi va natijada mamlakatga qaytishni istamasligi mumkin bo‘lgan yoshlarning butun bir avlodini yo‘qotgani bilan izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi oxirlarida Isroil qochqinlar lageriga zarba berishi oqibatida 70 kishi halok bo‘lgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
3
0
xs.uz

Qozogʻistondagi AES qurilishi boʻyicha referendum sanasi eʼlon qildi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatda atom elektr stansiyasi (AYES) qurilishi boʻyicha referendum sanasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Report.az' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, respublika parlamenti ikki palatasining yigʻilishida ushbu qaror maʼlum qilingan.'6-oktyabr kuni referendum boʻlib oʻtadi', dedi Toʻqayev Qozogʻiston xalqiga murojaati chogʻida. Bir hafta oldin hukumat ushbu masala boʻyicha Energetika vazirligi loyihasini qabul qilgandi.Qayd etilishicha, Qosi

16 Jul 18:11
 
86
0
xs.uz

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurmoqda. U 2026-yilda yakunlanadi

Finlyandiya hukumati tomonidan Finlyandiya va Rossiya oʻrtasidagi chegarada devor qurilishi reja boʻyicha amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi 'Yle' jamoat teleradiokompaniyasi.'Sharqiy chegara devori qurilishi reja asosida amalga oshirilmoqda. Qurilish avgust oyining oxirida Janubiy Kareliya muzofoti Nuyyamaa aholi punktida boshlanadi va 70 kilometrni tashkil etadi', deyiladi manbada.Devorning qurilishi avval sinov panjaralarini qurish bilan boshlangan edi. Loyihaning tajriba bosqichi doiras

26 Jul 10:19
 
50
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘

19 Jul 16:31
 
69
0
qalampir.uz

Chilida 7,3 magnitudali zilzila yuz berdi

Chilida 7,3 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi. Mutaxassislarning fikricha, zilzila epitsentri ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan San-Pedro-de-Atakama qishlog‘idan 43 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Manba 128 km chuqurlikda joylashgan. O‘z navbatida, mamlakat Prezidenti Gabriel Borich rasmiylarda qurbonlar yoki jiddiy zarar haqida ma’lumotlar yo‘qligini aytdi. “Men viloyat vakili bi