calendar 27 Jan 12:47
eye 105
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Senat qo‘mitalari organ xodimlarini obro‘sizlantirish haqidagi qonun loyihasini o‘rganyapti – Tanzila Norboyeva

image
Sobiq mulozim Burxonov Senatda IIVga advokatmi? north_east

Sobiq mulozim Burxonov Senatda IIVga advokatmi?

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ichki ishlar organlari xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun javobgarlik joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi hozirda Senat qo‘mitalari tomonidan o‘rganilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda u BBC O‘zbek xizmati bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Bu qonun to‘g‘risida turli fikrlar bo‘layapti. Ochiqlik siyosatining ustuvorligi sabab esa, har bir qonun qabul qilish jarayoni jamoatchilik e’tiboriga havola qilinayapti va jamoatchilikning fikri alohida e’tiborga olinayapti. Bu qonun qonunchilik palatasida qabul qilindi. U yerda ham turli fikrlar bildirildi. Lekin ko‘pchilik ovoz bilan qonun ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi. Hozirgi kunda har bir qo‘mita tomonidan qonun o‘rganishga berilgan. Hozircha faqat birgina qo‘mitaning fikri bilan tanishdik, boshqa qo‘mitalar bu norma xalqaro tajribalarga va olgan xalqaro majburiyatlarimizga zid yoki zid emasligini o‘rganib, o‘zlarining xulosasini berganidan keyin senat kengashi o‘z fikrini bildiradi va majlisda qaror qabul qiladi. Yakuniy xulosani men bildira olmayman, chunki qo‘mitalarimizda ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda”, deydi Norboyeva.

Eslatib o‘tamiz, “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi parlamentning quyi palatasida muhokama qilinganda Doniyor G‘aniyev, Umidjon Jabborov kabi deputatlar unga qarshi ekanini bildirishiga qaramay, u uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborilgandi.

11 yanvar kuni ham  Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida mazkur qonun muhokama qilingandi. O‘shanda qator rivojlangan davlatlar qonunchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini suratga olish taqiqlangani va muayyan choralar belgilangani ta’kidlangandi.

Biroq, keyinchalik, BBC O‘zbek xizmati Senat e’lon qilgan misollarni tekshirib, ushbu ma’lumotlarning yolg‘on yoki noaniqligini aniqladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
41
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

20 Mar 12:54
 
55
0
xs.uz

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg

20 Mar 12:54
 
50
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo