calendar 27 Jan 11:15
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makron Hindistondagi harbiy paradda qatnashdi (foto)

image

Bugun, 26 yanvar kuni Nyu-Dehlida Hindiston Respublikasi kuni munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron paradda asosiy mehmon sifatida ishtirok etdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

“Fransiya uchun katta sharaf. Rahmat sizga, Hindiston”, deb yozdi Makron X’dagi sahifasida paraddan lavhani ilova qilib.

Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu Makronga Britaniya imperiyasining tantanali ot aravasida hamrohlik qildi, Bosh vazir Narendra Modi esa tomosha maydonchasida ularni kutib oldi.

Fransiya Prezidenti Hindiston poytaxtiga orkestr va marsh guruhini olib keldi, ular ham bayramda qatnashdi.

“Paradda Hindiston o‘zining tanklari, raketa tizimlari, piyoda jangovar mashinalari va o‘rta masofaga mo‘ljallangan zenit-raketa tizimlaridan iborat harbiy qudratini namoyish etdi”, deb yozadi nashr.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Parij ko‘p milliard dollarlik shartnomalar orqali Fransiyada ishlab chiqarilgan Rafale qiruvchi samolyotlari va Skorpen sinfidagi suv osti kemalarini import qiluvchi Hindiston bilan harbiy shartnomalarini mustahkamlashga umid qilmoqda.

O‘z navbatida, Hindiston armiyasini modernizatsiya qilish ustida ishlamoqda va mudofaa xaridlarini an’anaviy yetkazib beruvchi Rossiyadan tashqari diversifikatsiya qilishga intilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti

Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Ukraina olov purkaydigan itlarni jangga kiritdi (+video)

Ukraina Rossiyaga qarshi kurash doirasida harbiy amaliyotlariga robot-itlarni kiritdi. Ushbu robotlar oʻq-dorilarni etkazib berish, kuzatuvni amalga oshirish va frontda askarlarni qoʻllab-quvvatlashga qodir. Yaqinda olingan videoda bu robot-itlardan biri dron tomonidan tashlab ketilgani, soʻngra oʻz-oʻzidan dalada yurganini koʻrish mumkin. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, robot itlarning jangga qoʻshilishi Ukrainaga harakatlanish qiyin hududlarda maʼlumot toʻ

25 Sep 13:14
 
20
0
xs.uz

Tramp suiqasddan keyin oilasidan xavotirda ekanini maʼlum qildi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp oila aʼzolarining hayotidan xavotirda ekanini aytdi.'Men odatda bu haqda gapirmayman. Lekin men oilam haqida qaygʻurishim kerak', dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.Keyin Trampning saylovoldi kampaniyasi uning xavotirlari 'Kamala Xarris va Demokratik partiyaning xavfli hamda jirkanch ritorikasidan' kelib chiqqanini taʼkidladi.Maʼlumot uchun, 13-iyul kuni Pensilvaniyada uyushtirilgan suiqasd chogʻida Tramp qul

24 Aug 17:27
 
31
0
xs.uz

Rossiya AQSHdan chiplarni sotib olishda davom etmoqda

Rossiya Federatsiyasi tomonidan sotib olingan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar harbiy texnologiyalar va kuzatuv texnologiyalarida qoʻllaniladi. 20-avgustda 'The Insider' nashri tomonidan chop etilgan surishtiruv mualliflari shunday xulosaga kelishdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, Rossiya Federatsiyasiga raketalar va dronlarni navigatsiya qilish, internetdagi materiallarni filtrlash va yuzni tanib olish uchun noyob mikrosxemalar kirib kelmoqda. Bular asosan Amerikanin