calendar 26 Jan 16:20
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xavi “Barselona”dan ketadimi?

image

“Barselona” rahbariyati ispaniyalik mutaxassis Xavining Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda “Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” Xavini iste’foga chiqarmaydi. Murabbiy jamoa bilan kamida 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ishlaydi.

Qayd etish joiz, 25 yanvar kuni Ispaniya kubogining chorak final uchrashuvida “Atletik” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi. Bilbaodagi “San-Mames” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin mezbonlarning qo‘shimcha vaqtda 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Xavi shogirdlari qo‘shimcha vaqtda ikki bor gol o‘tkazib yubordi va turnirdagi ishtirokini yakunladi. Undan avval esa jamoa Ispaniya superkubogi finalida “Real”ga imkoniyatni boy bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:37
 
22
0
postda.uz

“BESН TASНABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDAGI MUSOBAQA

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida bir qator ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodim va xodimalar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.Mazkur musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shaha

20 Sep 00:23
 
52
0
xs.uz

Matonatli sportchilarga davlat mukofotlari topshirildi — Fotoreportaj

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari bilan uchrashdi.Tadbirda Milliy Paralimpiya qo'mitasi va sport federatsiyalari rahbarlari, murabbiylar, sportchilarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Parij shahrida bo'lib o'tgan XVII yozgi Paralimpiya o'yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va mura

09 Oct 12:37
 
17
0
postda.uz

SOG'LOM HAYOT UCHUN

Osoyishtalik posbonlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan ham muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borilmoqda.

08 Sep 16:45
 
50
0
xs.uz

Tolibboy Yoʻldashev Parijda tengsiz boʻldi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Tolibboy Yoʻldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.Ushbu dasturda qatnashgan yana bir vakilmiz Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev