calendar 26 Jan 12:01
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ozarbayjon Yevrokengash parlament assambleyasidan chiqdi

image

Ozarbayjon 24 yanvar, chorshanba kuni Yevrokengash parlament assambleyasi (YeKPA) qatnashmasligini e’lon qildi. Bu haqda “Abzas.org” ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Ozarbayjon o‘ziga nisbatan adolatsiz va noto‘g‘ri munosabat bilan murosa qilmoqchi emas va hozirda nafaqat YeKPA, balki umuman Yevrkengashdan chiqish tartibi ham rasmiy Baku tomonidan o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, Ozarbayjon Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining yurisdiksiyasini tan olishdan bosh tortishi mumkin.

“Yevrokengash parlament assambleyasida chidab bo‘lmas irqchilik, ozarfobiya va islomofobiya fonida Ozarbayjon delegatsiyasi YeKPA bilan hamkorlikni va uning tashkilotdagi ishtirokini noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi” degan Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari Samad Seyidov.

U ushbu bayonotidan so‘ng delegatsiyaning yig‘ilish joyini tark etgan.

Samad Seyidovga ko‘ra, Ozarbayjon o‘ziga nisbatan bu adolatsiz va noto‘g‘ri munosabatni qabul qilmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, qishki yalpi majlisning ochilish kunida YeKPA deputatlari Ozarbayjon delegatsiyasining vakolatlarini mamlakat Yevropa kengashi oldidagi majburiyatlarini bajarmagani uchun ratifikatsiya qilishdan bosh tortgandi.

Parlament Assambleyasining nemis deputati Frank Shvabe bunga Ozarbayjonda siyosiy mahbuslar sonining ko‘payishi, Qorabog‘dan odamlarning majburiy ko‘chirilishi, Assambleya spikerlarining 2023 yilda kamida uch marta Ozarbayjonga kelmagani va 7 fevral kuni mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga taklif qilinmaganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Fransiya YeIni Ozarbayjonga qarshi sanksiya qo‘llashga chaqirgan edi, bunga esa Ozarbayjon parlamenti, Tashqi ishlar vazirligiga Fransiyaning mustaqillik da’vo qiluvchi Kanaka, Maoxi Nui va Korsika hududlari suverenitetini tan olish choralarini ko‘rishni topshirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
41
0
xs.uz

NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert

NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc

15 Jun 10:46
 
40
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

08 Jun 02:27
 
32
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

15 Jun 20:14
 
95
0
xs.uz

Tramp 36 ta davlat fuqarolarini AQSHga kirishini cheklamoqchi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati yana 36 ta davlat fuqarolari uchun viza taqiqlari yoki kirish cheklovlarini joriy etishni koʻrib chiqmoqda. Bu joriy oy boshida eʼlon qilingan sayohat cheklovlarini keskin kengaytirish boʻladi. 'The Washington Post' nashrining yozishicha, hujjat 60 kun ichida belgilangan talablarga javob bermagan mamlakatlar uchun qisman yoki toʻliq kirish taqiqlari kiritilishini nazarda tutadi.Yangi roʻyxatga kiritilgan davlatlar orasida 25 ta Afrika mamlakati, Kar