calendar 25 Jan 18:26
eye 107
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi yakunlandi

image
Davlatimiz rahbari 24-yanvar kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazdi. Soʻng yetakchilar Qoʻshma bayonot qabul qildilar, ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolandi.

Tashrifning birinchi kunida ushbu mamlakat Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan va Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qoʻmitasi Raisi Chjao Leszi bilan ham uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, CNPC va CITIC korporatsiyalari, Xitoy Eksport-import banki rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazildi.

Davlat tashrifining ikkinchi kuni Xitoyning innovatsiyalar poytaxti ' Shenchjen shahrida ishbilarmonlik tadbirlari bayrogʻi ostida oʻtdi. Oʻzbekiston Prezidenti Guandun muzofoti partiya qoʻmitasi kotibi Xuan Kunmin bilan hududlararo aloqalarni muhokama qildi.

Mamlakatimiz yetakchisi Xitoy yirik biznesining 600 dan ziyod vakillarini yigʻgan qoʻshma Investitsiya forumida ishtirok etdi hamda Ipak yoʻli fondi, 'SANY' va 'CSG' kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Global elektomobillar bozori peshqadami ' 'BYD' kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, davlatimiz rahbari Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarishga start berdi.

Shu bilan Xitoyga davlat tashrifi dasturidagi tadbirlar yakunlandi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kuzatib qoʻydi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
52
0
xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m

13 May 14:37
 
146
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga

08 Jun 02:26
 
24
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali gaplashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda bir-birini va doʻst xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqo

13 Jun 00:38
 
24
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi

Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo