calendar 25 Jan 16:38
eye 95
comments 0
comments Manba: xs.uz

Namanganda Hindiston madaniyati kunlari oʻtkazildi

image
Kecha Hindistonning ardoqli bayramlaridan biri ' Respublika kuni arafasida Namangan shahrida qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Ulardan biri Davlatobod tumanidagi Madaniyat markazida oʻtkazilib, Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi konsuli Sitesh Kumar, diplomatik korpus rasmiylari, viloyat hokimining oʻrinbosari Botir Nuriddinovlar ishtirok etdilar.



Namanganlik moʻyqalam ustalari tasviridagi Hindiston koʻrgazmasi bilan boshlangan bayram rang-barang badiiy dastur bilan davom etdi.

' Hindiston va Namangan aloqalarining alohida ahamiyatli jihatlari mavjud. Hozirgacha elchixona bilan koʻplab tadbirlar uyushtirdik. Hind doʻstlarimiz xalqaro gullar festivalida faol ishtirok etdilar. Birodarlik aloqalarining muhim jihatlaridan biri ' Hindiston tarixida oʻchmas iz qoldirgan Boburiylar ildizi ham aynan Namanganda, Axsikentda, ' dedi hokim oʻrinbosari.



Tantanada soʻng soʻz olgan Sitesh Kumar oʻzaro hamkorlikni yangi qirralari, Namangan Muhandislik Iqtisodiyot instituti va boshqa oliy taʼlim dargohlari bilan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar haqida gapirdi.

Hindiston oʻzining qoʻshiq va raqslari bilan dunyoga mashhur. Prajakta xonim boshchiligidagi 'Patak' mumtoz raqs ansamblining chiqishlari bayram marosimiga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar kiritish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Bugun dunyoda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, yoshlar orasida turli yot g'oyalar tobora keng tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimizda bunday holatlarni o'z vaqtida oldini' olish va ularga barham' berish b

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining '2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbu

31 Jan 15:20
 
22
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,

31 Jan 15:20
 
30
0
xs.uz

Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar, maʼnaviyat maʼnaviyat va maʼrifat fidoyilari bilan uchrashdi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542'yilligini munosib nishonlash, shu bilan birga viloyatda maʼnaviyat, maʼrifat, ayniqsa, adabiyot sohasida keng koʻlamdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.' Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu bo