Xitoy kompaniyalari Navoiyda istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi

Urumchi shahridagi 'MIDONG' sanoat parkida esa delegatsiya aʼzolari metall konstruksiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 'DUOWEI' kompaniyasi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, ular yuqori va past kuchlanishli kabel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 'Euphratica cable' kompaniyasi va elektr asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi 'GUOYUAN ELECTRIC' hamda 'Chjuntay group' kompaniyalarida ham boʻlib, istiqbolli loyihalar boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishdilar.
' Delegatsiya safari doirasidagi muzokara va uchrashuvlar samarali boʻlmoqda, ' deydi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Sh. Ruapboyeva. ' Xususan, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va energiya tejamkor isitish tizimlari tayyorlashga ixtisoslashgan kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvda Navoiy shahrida zamonaviy turar-joy majmuasi va ijtimoiy soha obyektlarini qurish, shuningdek, yana boshqa kompaniyalar bilan logistika markazi tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Xitoylik sarmoyadorlarning u yoki bu mamlakatga qiziqishida iqtisodiyot barqarorligi va uning rivojlanish istiqbollari muhim omil hisoblanadi. Aynan Navoiy viloyati misolida toʻxtaladigan boʻlsak, butun hududning erkin iqtisodiy zona deb eʼlon qilingani, buning samarasida bu yerda innovatsion, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlar tashkil etish koʻzda tutilganligi investorlar qiziqishini orttirganligi sezilib turibdi.
Muzokaralarda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda hududda xomashyoni qayta ishlashga, qurilish, logistika yoʻnalishlarida imkoniyat va ehtiyoj yuqori ekanligini taʼkidladi. Uchrashuvlarda hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari va belgilangan tarmoqlarda aniq loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha dastlabki qadamlar belgilandi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, ayni kunlarda Navoiy viloyatida xitoylik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda bir qator qoʻshma hamda xususiy korxonalar faoliyat yuritib, Nurota tumanida granit plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 'SI FANG KUANG YE' MCHJ shulardan biri. Taʼlim sohasida esa Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Xitoy konchilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik kelishuvi imzolanib, qoʻshma taʼlim loyihalarini yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda professor-oʻqituvchilar tajribasini oshirish, stajirovkalarni tashkil etish kabi kelishuvlarga erishildi.
Temur ESHBOYEV, 'Xalq soʻzi'.
“Qoʻyliq” bozorida Qizil kitobga kiritilgan ilonlar noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
Reyd davomida 'Qoʻyliq' bozori hududida Qizil kitobga kiritilgan 5 ta sharq boʻgʻma iloni noqonuniy sotilayotganligi maʼlum boʻldi. Ilonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirilgan.Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yaʼni 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.Shuningdek, reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boshqa hayvon va qushlar ham aniqlan
Davlatimiz rahbari Kumushkon mahallasida boʻlib, sayyohlik salohiyati va mehmon uylarini koʻzdan kechirdi
Davlatimiz rahbari Parkent tumanidagi Kumushkon mahallasida boʻlib, sayyohlik salohiyati va mehmon uylarini koʻzdan kechirdi.Bu sohaga koʻplab imtiyozlar berilib, tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanmoqda. Turizm qishloqlarida zarur infratuzilma tashkil etilyapti. Bu imkoniyatlardan foydalanib, xonadonida mehmon uyi ochganlar talaygina.Oxirgi yillarda Kumushkonga sayyohlar kelishi koʻpaygan. Bugungi kunda saksondan ortiq xonadonda mehmonxona tashkil etilgan. Ularda yiliga 172 ming nafar sayyohga
Tojikistondan keltirilgan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990-y.t. fuqaro 49 kilogramm 599 gramm 'opiy' moddasini oʻzining boshqaruvida boʻlgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasid
MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi