calendar 24 Jan 14:42
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Migrantlar kamsitilgan reydda o‘zbekistonliklar ham bo‘lgani aytildi

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qurilish maydonlarining birida reyd o‘tkazilgani va unda bir guruh muhojirning emaklab yurishga majburlangani aks etgan videolar tarqalgandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lganini ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 17 yanvar kuni Yekaterinburg shahrida joylashgan qurilish maydonlarining birida sodir bo‘lgan. Unda huquq-tartibot idoralari qurilish ob’ektlarida ishlayotgan migrantlarga reyd o‘tkazgan va ularga nisbatan g‘ayriinsoniy usullarni qo‘llab, kamsitgan. 

Bildirilishicha, ushbu qurilish ishlarida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari vaqtincha ishlab kelgan. Reyd davomida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham ushlangan. So‘ngra ular patentsiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani sababli sudning qarori asosida Yekaterinburg shahri Gornistov 15/4-uyda joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markaziga joylashtirilgan.

O‘zbekiston fuqarolarining so‘zlariga ko‘ra, emaklab yurishga majburlangan migrantlar huquq-tartibort organlari xodimlari qurilish binosiga kirgan vaqtda qochishga harakat qilgan.  Ammo binoning orqa tomonidan qochyotgan vaqtida qo‘lga olingan. Fuqarolarning ushbu harakatlariga javoban huquq-tartibort organlari xodimlari ularni o‘tirib yurishga majbur qilgan.

“Hozirgi vaqtda ushbu holat mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan hamda yurtdoshlarimizga huquqiy va boshqa shakldagi yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi agentlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, dastlab ushbu hodisa yuzasidan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya rasmiylariga murojaat yo‘llagandi. So‘ngra O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ham Federatsiya Ombudsmaniga murojaat jo‘natgandi.  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
43
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

22 Mar 08:54
 
41
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-