Davlatimiz rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24-yanvar kuni Oʻzbekiston yetakchisi XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta'minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo'yicha tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 'Yagona milliy mehnat tizimi' idoralararo dasturiy-apparat majmuid
Har bir hududda “Hunarmandlar sanoat markazi” tashkil etiladi
2025-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi 'Hunarmand' uyushmasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida '2024-yil hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil rejalari' mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.Matbuot anjumanida 'Hunarmand' uyushmasi rahbar xodimlari, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Soʻnggi yillarda mamlakatimizdagi usta-hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar soni 9 b
Bilarmidingiz: surunkali kasalliklar bilan ogʻriyotgan bemorga ayrim dori vositalari bepul tarqatiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 'Ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida' qaror qabul qilgan.Unga muvofiq, ambulator sharoitda surunkali kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori vositalari xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Bu dori vositalari oilaviy shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida bemorlarga bepul taqdim
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi
Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi.O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, ya'ni qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do'stona muhitni mustahkamlash hamda o'zaro hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o'rin tutadi.