calendar 23 Jan 14:46
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Senator Transport vaziriga tizimdagi kamchiliklar bo‘yicha so‘rov yubordi

image

Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev Transport vaziri Ilhom Mahkamovga aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ishlar holati yuzasidan senator so‘rovi yubordi.

Senator so‘rovida qayd etilishicha, aholi sonining muntazam ortib borayotganligi tufayli jamoat transportiga qo‘yilgan talab kuchaygan, biroq ba’zi jamoat transportlarida xizmat ko‘rsatish sifati pastligicha qolyapti, xususan, hududlarda jamoat transporti vositalari soni yetarli emas va belgilangan harakat jadvallariga rioya etilmaydi, bu esa muammolarni yanada ko‘paytirmoqda.

"Yo‘lovchilar avtobus bekatlarida jamoat transportini uzoq muddat kutib qolishi va ko‘zlangan manzillariga o‘z vaqtida yetib bora olmasligi ularning kundalik ishiga ta’sir qilayotgani, ayniqsa, keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, davlat xizmatchilarining jamoat transportlarida yaratilgan sharoitlardan noroziligi, ayrim haydovchilarda muomala madaniyatining yetarli emasligi va yo‘l harakati qoidalariga rioya etmayotgani, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga va mutasaddi tashkilotlarga murojaatlar sonining ortishiga olib kelmoqda", deydi senator.

So‘rovda ayrim transport vositalarining eskirgani va texnik holatining talabga javob bermasligi harakat paytida baxtsiz hodisalarning ro‘y berishi ehtimolini oshirayotgani, shu bilan birga, atrof muhitning ifloslanishi ortib, tirbandliklar kun sayin dolzarb muammoga aylanayotgani keltirib o‘tilgan.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun avtotransport vositalariga chiqish uchun maxsus moslamalarni o‘rnatish ishlariga yetarli e’tibor berilmayotgani, shaharlararo jamoat transportidagi hamda bekatlarni rekonstruksiya qilish kabi masalalarda saqlanib qolayotgan muammolar ko‘rsatib o‘tilgan.

Shulardan kelib chiqib, aholining yuqori sifatli va qulay yo‘lovchi tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish, jamoat transporti korxonalari faoliyatini moliyalashtirish ishlari hamda sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish, yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, aholiga jamoat transporti xizmatlari ko‘rsatish, sifatini oshirish va muammoli masalalarni hal etish borasida Transport vazirligi tomonidan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumotlar so‘ralgan.

Shuningdek, senator so‘rovidan hududlardagi jamoat transportlari uchun yaratilgan sharoitlar, transport vositalarining texnik holati belgilangan talablarga javob berishi, kunlik yo‘lkira haqi reja-topshirig‘ini bekor qilish, shaharlararo jamoat transportlari qatnovini yaxshilash, chiptalar sotilishi va soha shaffofligida o‘z yechimini kutayotgan va korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish kabi masalalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berilishi hamda sohaga doir qonunchilikni takomillashtirishga oid tegishli takliflar taqdim etish ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mirziyoyev Transport vazirini ogohlantirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
31
0
xs.uz

Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira

21 Apr 08:34
 
28
0
xs.uz

Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar v

20 Mar 12:54
 
44
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak