Iqtisodiy taʼsiri past holatlar boʻyicha birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralari qoʻllanmasligi belgilanmoqda

Bundan tashqari, iqtisodiy taʼsiri past holatlar boʻyicha birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qoʻllamagan holda, profilaktik tushuntirish tadbirlarini amalga oshirish belgilanmoqda. Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan raqobat sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar muvofiqlashtiriladi, tovar va moliya bozorida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlanishiga xizmat qiladi. Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz
Oʻzbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi
Oʻzbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshligʻi Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Bildirilishicha, tadbir davomida Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashilgan.Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Afgʻoniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi.Suhbat avvalida vazir Oʻzbekiston yetakchisiga Afgʻoniston rahbariyatining samimiy salomini yetkazdi.Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish
Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga olganlarga pul mukofoti beriladi
2025-yil 7-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qaroriga asosan 'Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqida'gi nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, fuqarolar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 74-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan qoidalarni buzish holatlarini videotexnika vositalari orqal