calendar 23 Jan 12:52
eye 100
comments 0
comments Manba: xs.uz

Chinning chinni buyumlari azaldan hamkorlik aloqalari ramziga aylangan

image
' Saroy rasmiy qabullarga moʻljallangan bosh qarorgohining soʻnggi xonasi 'choyxona' deb nomlanadi, ' deydi Sitorai Mohi Xossa xalq amaliy bezak sanʼati muzeyi katta ilmiy xodimi Nargiza Jumayeva. ' Choyxona saroydagi eng yorugʻ, shinam va salqin xona sanalgan. Chunki uning uch tomon devorlari oʻrniga ikki tabaqali oynalar bilan, bir tomon devori esa tokchabandi qilib ishlangan. Chet davlatlardan kelgan hurmatli mehmonlarga choy uzatilib, oʻzbekona mehmonnnavozlik koʻrsatilgan. 'Xitoy uyi' deb ham atalishi sababini esa bu yerdagi chinni buyumlar kolleksiyasining asosiy qismi Chin yurtidan keltirilgani bilan izohlash mumkin. Muzeyda xitoylik hunarmandlar mehnati mahsuli sanalgan guldon, gultuvak, qanddon, oftoba, chilim, kosa, shokosa, lagan, qirgʻogʻi baland likob kabi 160 taga yaqin qadimiy chinni buyumlar saqlanmoqda.



Ular Gʻulja, Qashqar va Xitoyning markaziy provinsiyalaridagi hunarmandlar tomonidan tayyorlangan. Buyumlarda Oʻrta Osiyo xalqlari didiga mos anʼanaviy islimiy, oʻsimliksimon naqshlar birga ramziy maʼnoli naqshlardan ' tabiat manzaralari, shahar qoʻrgʻonlari, odamlar, parrandalar, sherlar, xitoycha ashyolar tasvirlangan buyumlar ham bor. Bu yodgorliklarda naylar, mevalar, iyerogliflik qogʻoz oʻramlari, kitoblar tasvirlangan.

Har bir tasvir, gul, naqsh, predmet, manzara oʻziga xos maʼno va mazmunga ega. Chunonchi, toʻplamdagi buyumlarda tez-tez uchraydigan koʻrshapalak ' boylikni, uzoq umrni, ot-olov ramzi, it ' sadoqatni, shaftoli ' salomatlikni, nilufar ' baxtni anglatadi. Koʻk, sariq va yashil ranglardagi idishlar har doim eʼzozda boʻlgan.

' Ikki xalq oʻrtasidagi azaliy doʻstlik bugungi kunda hamkorlik rishtalarini mustahkamlashda oʻziga xos koʻprik vositasini oʻtamoqda, ' deydi Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Mahmud Oripov. ' Birgina viloyatimizda ayni paytda xitoylik sarmoyadorlar ishtirokidagi 34 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Viloyat bilan Chin yurti oʻrtasidagi savdo aylanmasi esa salkam 27 foizni tashkil etmoqda. Yaqin istiqbolda bu hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilishiga shak-shubha yoʻq.

Yurtimiz muzeylarida koʻz qorachigʻidek asrab kelinayotgan Xitoyning 400-yillik tarixga ega noyob chinni buyumlariga kelsak, nazarimizda, ular allaqachon xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik ramziga aylangan. Buyuk ipak yoʻlining timsoli boʻlib turgan bu kabi osori atiqalar yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarni ham oʻziga maftun etmoqda. Bular zamirida sharqona mehru muhabbat, hurmat-ehtirom yotgan boʻlsa ne ajab.

Istam IBROHIMOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
22
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland

12 Apr 21:14
 
5
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

06 Mar 16:12
 
54
0
xs.uz

Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish ofisi tashkil etiladi

Qarorga ko'ra, Milliy statistika qo'mitasi tuzilmasida 'Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish' ofisi tashkil etiladi.' Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo'nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas'ul etib belgilandi, jumladan:' ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo'lgan statistik ma'lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;' mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko'rsatkichl

19 Feb 00:20
 
67
0
xs.uz

Tovoqsoyda mahkum vafoti: Ombudsman holatni nazoratga oldi

Bu haqda 'Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati ma'lum qildi.To'plangan ma'lumotlarga ko'ra, 11-fevral kuni taxminan soat 16:10 da mahkum M.T. koloniya hududidagi eski oshxona binosida obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Devorni buzish jarayonida ehtiyotsizlik sababli uning bir qismi mahkum ustiga qulagan, natijada og'ir tan jarohati olgan.Koloniya shifokorlari mahkumga zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatib, uni Bo'stonliq tuman tibbiyot bir