calendar 22 Jan 22:02
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev 2024 yilda sog‘liqni saqlash sohasida bajariladigan ishlar taqdimoti bilan tanishdi

image

Bugun, 22 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash, tibbiyot sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan. Bu islohotlarni jadallashtirish va hayotga samarali tatbiq etish maqsadida xalqaro ekspertlar ishtirokida takliflar ishlab chiqilgan.

Shunday takliflardan biri – Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisini tashkil qilishdir.  U davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini hamda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini to‘liq joriy etish, tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini kuchaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy ta’lim tizimi va ilm-fan sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish kabi yo‘nalishlarga mas’ul etib belgilanadi. Shuningdek, bu markaz raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish, xususiy sektorni kengaytirish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, farmatsevtika sohasini isloh qilishga ko‘maklashadi.

“Loyiha ofisi faoliyatiga ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislari, shuningdek, xorijiy ekspert va maslahatchilar shartnoma asosida jalb qilinadi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘liqni saqlash sohasida belgilangan islohotlar yetuk kadrlar salohiyatini ham talab etadi. Shu bois bu borada ham bir qancha chora-tadbirlar ko‘zda tutilmoqda. Shulardan biri Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlarining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishidir.  Unda jamoat salomatligi, profilaktik tibbiyot, jismoniy faollik ixtisosliklari bo‘yicha magistrlik yo‘nalishlari ochiladi. Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar bilimini xalqaro tan olingan tizim asosida, ikki bosqichda davlat imtihonlari orqali baholash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan boshlab, hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot oliygohlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qitiladi.

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, joriy yilda amaldagi 40 ta sanitariya qoida va normalari qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi ham kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev bu takliflarni ma’qullab, mazkur ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash bo‘yicha topshiriq berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
23
0
xs.uz

Prezident Parij Olimpiadasi chempionlari Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatov bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida oʻz vazn toifalarida barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medallarni qoʻlga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulugʻbek Rashitov va bokschi Hasanboy Doʻsmatov bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari sportchilarni qizgʻin tabriklab, terma jamoamiz tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qoʻlga kiritilgani Oʻzbekiston sporti uchun tarixiy voqea boʻlganini katta mamnuniyat bilan qayd

24 Aug 17:26
 
11
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o'tkazdilar.Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, 'Ozarbayjon temir yo'llari', 'Alyat' erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.O'zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ul

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi