calendar 20 Jan 12:16
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Senat Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

image

Oliy Majlis Senati O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi 2023 yil 18 iyunda Tehronda imzolangan shartnomani ratifikatsiya qildi. Tegishli qonun bugun, 20 yanvar kuni Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi.

Ta’kidlanishicha, shartnomaning ratifikatsiya qilinishi jinoyat sodir etish natijasida ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekiston va Eron fuqarolariga sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tashlari uchun huquqiy asos va mahkumlarni topshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Hujjatga ko‘ra, mazkur shartnomani ratifikatsiya qilish orqali uning kuchga kirishi mahkumlarni topshirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshiradi.

Muhokama chog‘ida senatorlar mahkumlarga jazoni o‘z yurtida o‘tashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam ko‘rishib turish imkonini berishini, bu esa o‘z navbatida oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, mahkumlarning ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishini alohida qayd etdi.

“Mazkur Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni yoki ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni talab qilmaydi. Shu bilan birga, mazkur Qonunning qabul qilinishi kelgusida Davlat byudjetidan qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar ajratishni talab qilmaydi”, deydi Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Anvar To‘ychiyev.

Ma’lumot uchun, mazkur shartnoma 2023 yil 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi davomida imzolangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 14:34
 
22
0
xs.uz

Rossiya Ukrainaga qarshi “Kobra” nomli yangi harbiy qurollarini qoʻllaydi

Maʼlum boʻlishicha, ushbu qurilma dronlarni kuzatadi va real vaqt rejimida xaritada ularning joylashuvini aniqlay oladi. 'Kobra' hozirda sinovdan oʻtkazilmoqda va tez orada Ukrainaga qarshi eksperimental operatsiyalarda qoʻllanila boshlaydi.Ukraina qariyb ikki yarim yildan beri davom etgan konfliktlar sababli dron texnologiyasida sezilarli yutuqlarga erishdi, bu esa Rossiyaning qarshi texnologiyalarga ehtiyojini oshirib yuborgan. Kiyev dronlari turli jangovar pozitsiyalarda, jumladan razvedk

13 Jun 15:34
 
27
0
qalampir.uz

Mirzoyan Armanistonning KXSHTdan chiqishini rad etdi

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Bosh vazir Nikol Pashinyanning KXSHTdan chiqish haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri qabul qilinganini aytdi. Bu haqda “News.am” nashri xabar berdi. Mirzoyanning so‘zlariga ko‘ra, Pashinyan o‘z so‘zlari orqali Armaniston ittifoqdan chiqsa, unga umuman qaytmasligini nazarda tutib gapirgan. Tashqi ishlar vaziri kimdir Armaniston Bosh vaziri mamlakatning KXSHTdan chiqishini aytsa, ular adashishini ta’kidlagan. Ma’lumot uc

18 Jul 15:22
 
53
0
qalampir.uz

Pelosi Bayden qayta saylanishiga ishonmaydi – CNN 

AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosining fikricha, Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Pelosi Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida so‘rovlar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozona olmasligini ko‘rsatayotganini va bu bilan demokratlarni Vakillar palatasida g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum qilishini a

05 Jun 15:02
 
21
0
qalampir.uz

Hindistondagi saylovlarda Modining partiyasi g‘alaba qozondi

Hindistondagi umumiy saylovlarda ko‘pchilik ovozlar hisoblab chiqilgach, Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi partiyalar ittifoqi parlamentda hukumatni shakllantirish uchun yetarlicha o‘rinni egalladi. Bu haqda BBC xabar beradi. Saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, Modi boshchiligidagi “Bharatiya Janata” partiyasi yetakchiligidagi hukmron alyans Hindiston parlamentidagi 543 o‘rindan 286 tasini qo‘lga kiritgan. Biroq, partiyaning o‘zi 240 ta tasdiqlangan man