Soliq kodeksiga kiritilgan ayrim oʻzgartirishlar yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda
Ayni kunlarda ushbu Qonunga asosan, Soliq kodeksining 46 ta moddasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazmun-mohiyatini soliq toʻlovchilarga yetkazish uchun joylarda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, poytaxtimizning Olmazor tumanida Soliq qoʻmitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi masʼullari va mutaxassislari tomonidan joriy yilning 18-yanvar kuni 2024-yildan soliq siyosatiga kiritilgan yangiliklar yuzasidan 100 nafarga yaqin tadbirkorlarga maʼlumot berildi.
2024-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kirgan mazkur Qonunda joriy yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanib, bunda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish yuzasidan belgilab berilgan topshiriqlari, xususan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibini takomillashtirish, qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjirining uzluksizligini taʼminlash, tabiiy boyliklardan samarali va oqilona foydalanish kabi jihatlar nazarda tutilmoqda.
Seminarda, eng avvalo, ishbilarmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlari toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori avval 5 mlrd. soʻm boʻlgan boʻlsa, endilikda 10 mlrd. soʻm etib belgilanganligi taʼkidlandi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplashda oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvidan tashqari, kameral soliq tekshiruvlarida soliq toʻlovchining hududiga kirish, hududini koʻzdan kechirish, hujjatlarni talab qilish va uni chaqirtirish, hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish taqiqlangani, shuningdek, Yuridik shaxslar va YTTlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berilganligi boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati 5-yildan 3-yilga qisqartirilganligi barcha uchun birday yaxshi yangilik boʻldi.
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari oʻzgargani ham hududlar kesimida maʼlum qilindi.
Yana bir ahamiyatga molik jihat shundaki, ota-onalarga farzandining taʼlim olishiga kontrakt uchun toʻlagan toʻlovlariga nisbatan qoʻllaniladigan imtiyoz farzandining yoshi 26 yoshdan oshgan taqdirda ham qoʻllanilishi belgilandi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan yoʻllangan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgarishlar aks etgan maxsus qoʻllanmalar tarqatildi.
Xulosa qilib aytganda, qonunchilikdagi bunday oʻzgarishlar biznes muhitini yaxshilab, tadbirkorlikka yanada keng yoʻl berish, ularning erkin va samarali faoliyat yuritishlarini taʼminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.
Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
Shavkat Mirziyoyevning 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qaror bilan bir qator ishlar amalga oshiriladi. Birinchidan, 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.Ikkinchidan, 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzand
Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi
Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. 'Damas' mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.'Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda b
Boysunda texnogen hodisa nega yana takrorlandi?
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Boysun tumani hududida joylashgan 'Mustaqillikning 25-yilligi' (M-25) konida Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qoʻldoshev ishtirokida 17-sentyabr kuni konda yana vodorod sulfid gazi sizib chiqishi oqibatida sodir boʻlgan texnogen hodisa yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi.Xabaringiz bor, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da 'M-25' konidagi 604-sonli quduqda burgʻilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik
Toshkent metropolitenida metall detektorlar oʻrnatiladi
Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalari oʻrnatiladi. Bu haqda 'Toshkent metropoliteni' DUK xabar berdi.Qayd etilishicha, Poytaxt metroposidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qoʻshimcha masʼuliyat va javobgarlikni talab etadi.Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini taʼminlash va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmala