calendar 18 Jan 23:50
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Pokiston Eronga javob hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor

image
10 nafar Pokiston fuqarosi Pokiston harbiylarining Eron hududiga uyushtirgan zarbasi qurboni boʻldi.

Bu haqda IRNA axborot agentligi Eronning Siston va Balujiston muzofoti gubernatori oʻrinbosari Alirizo Marhamatiga tayanib xabar bermoqda.

'Pokiston armiyasi ertalab soat 04:30 atrofida Eronning chegaradagi qishloqlaridan biridagi uchta turar-joy hududiga uchta uchuvchisiz uchoq bilan hujum qildi. Bu hujumlar natijasida toʻrtta turar-joy binosi vayron boʻldi, oʻnga yaqin ayol va bolalar halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.

Marhamatining taʼkidlashicha, Eron razvedkasi va boshqa idoralari hozirda Pokiston fuqarolari qanday qilib mamlakatga kirib, yashirincha yashashga muvaffaq boʻlganini aniqlamoqda.

Shu yilning 16-yanvar kuni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Pokistonning Eron bilan chegaradosh Balujiston muzofotida joylashgan 'Jaysh al-Adl' terrorchilik guruhining asosiy bazasiga ballistik raketa va uchuvchisiz samolyotdan hujum uyushtirdi.

Bu Eron qurolli kuchlarining Pokiston hududiga birinchi raketa zarbasi hisoblanadi.

Shundan soʻng Pokiston Eronning oʻz hududiga hujumini qabul qilib boʻlmaydigan va noqonuniy harakat deb hisoblashini maʼlum qildi.

'Bu noqonuniy qadam mutlaqo nomaqbul va hech qanday asosga ega emas. Pokiston bu noqonuniy harakatga javob berish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Buning oqibatlari uchun javobgarlik Eronda boʻladi', ' deydi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) matbuot kotibi.

Shu oʻrinda Pokiston TIV zarba xalqaro qonunlarga va BMT Nizomiga zidligini qayd etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 13:28
 
64
0
xs.uz

Isroil HAMAS bilan sulhga kelishib, Livan bilan urush ochilishi mumkin — ekspert

Livan jabhasida kuchlarni toʻplash uchun Isroil Falastinning HAMAS harakati bilan oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi mumkin. Bu fikrlarni Turkiyaning Xavfsizlik va mudofaa strategiyalarini tadqiq qilish va amalga oshirish markazi direktori, Istanbul universiteti professori, isteʼfodagi general Fahri Erenel aytib oʻtdi.Oldinroq, 'New York Times' oʻz manbalariga tayanib muzokarachilar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sulhga erishish uchun Falastinning HAMAS harakati bilan Gʻazo s

19 Jul 12:12
 
77
0
xs.uz

Kreml «kuchli Yevropa» harakatidan tashvishlanmoqda

Shu yilning 18-iyul kuni ikkinchi muddatga saylangan Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen kelgusi besh yil ichida transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun 'Yevropa havo qalqoni'ni tuzib, qitʼa mudofaa ittifoqini tashkil etishga umid bildirdi.'Biz ushbu yirik loyihalar barcha uchun ochiq boʻlishini taʼminlaymiz va ularni imkon qadar tezroq loyihalash, qurish va Yevropa zaminida joylashtirishni taʼminlash uchun barcha meʼyoriy va moliyaviy vositalardan foydalanamiz', dega

17 Jul 18:14
 
64
0
qalampir.uz

AQSH razvedkasi kelasi haftalarda Trampga yana suiqasd uyushtirilishini istisno qilmaydi – “Politico”

Yaqin haftalarda AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi yangi suiqasd uyushtirilishi mumkin. Bu haqda amerikalik yuqori martabali amaldorlarga tayanib, “Politico” xabar berdi. Nashrning ta’kidlashicha, AQSH ma’muriyati turli manbalardan Tehrondan Trampga nisbatan tahdidlar haqida ma’lumot olgan. Gazetaning yozishicha, Eron ko‘p yillar davomida 2020 yilda eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun “Trampdan qasos olishga” intiladi. Shu

19 Aug 07:04
 
12
0
xs.uz

Ostona aeroportiga favqulodda qoʻngan samolyot yoʻlakdan chiqib ketdi

Shveysariya aviakompaniyasiga tegishli samolyot Qozogʻiston poytaxtidagi aeroportga favqulodda qoʻnib, ekipaj xatosi tufayli yoʻlakdan chiqib ketdi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 17-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Tokiodan Syurixga uchayotgan Boeing 777-300ER samolyoti Ostona aeroportiga favqulodda qoʻngan. Bunga 50 yoshli yoʻlovchida insult alomatlari aniqlangani sabab boʻlgan.Maʼlumotlarga koʻra, samolyot muvaffaqiyatli qoʻnganidan soʻng, bu