' Hatto sobiq ittifoq davrida Leonid Brejnevga ham shu koʻprikni taʼmirlash yuzasidan ariza yozganman, ' deydi Husanboy ota Orifjonov. ' Mustaqillik yillarida ham deyarli murojaat qilmagan rahbar qolmagan. Ariza boʻyicha kelib koʻrishadi, uzunligi 73 metr, eni 10 metrlik koʻprikni qurish uchun katta mablagʻ talab etilishi bois, ishni orqaga surishadi. Nihoyat 2018-yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga qilgan murojaatim tufayli muammo hal boʻldi. 6 milliard 734 million soʻm mablagʻ ajratildi, qurilish boshlandi va 2020-yilda koʻprik foydalanishga topshirildi.
Yangi koʻprik Izboskan va Paxtaobod tumani aholisi uchun qulaylik yaratibgina qolmasdan, transport vositalari harakati uchun ham asosiy vosita vazifasini oʻtamoqda. Natijada 500 ming nafardan ziyod aholiga qulaylik yaratilib, uzogʻi yaqin qilindi. Husanboy otaning yarim asrlik murojaati hal etildi.
Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalarning ahamiyati beqiyos. Mazkur tizimning asosi boʻlgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida samarali hal etishning taʼsirchan mexanizmiga aylandi.
Izboskan tuman Xalq qabulxonasi tomonidan ham aholini qiynayotgan muammolarni oʻrganish, ijobiy hal etish, ularning ariza, shikoyat va murojaatlarida koʻtarilgan masalalarga yechim topish borasida eʼtiborga molik ishlar olib borilmoqda.
Xalq qabulxonasiga Choʻrtonliq mahallasidan Tursunboy Qoʻchqorov maktub yoʻllab, oʻn yildan buyon qishloqda yangi maktab qurishni soʻrab murojaat qilayotganini, lekin biror natija boʻlmayotganini aytgan. Murojaat oʻrganib chiqilgach, koʻp oʻtmay dasturga kiritildi. Tezkor amalga oshirilgan saʼy-harakatlar tufayli qishloq bolalari yangi maktabda qatnay boshladi. 210 oʻrinli maktab Choʻrtonliq mahalla ahliga munosib tuhfa boʻldi.
Bundan tashqari, Oybek mahallada yashovchi Boqijon Mahmudov oʻz murojaatida Izboskan tumanida xususiy shifoxona ochib, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelayotganini maʼlum qilgan. Muammo shundaki, aholiga zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida Xitoydan olib kelinayotgan 2 milliard 400 million soʻmlik zamonaviy tibbiy jihozlar 5 oydan buyon bojxona terminali omborxonasida nomaʼlum sabablarga koʻra ushlab turilgan. Bu murojaat ham Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan ijobiy hal etildi va tibbiy jihozlar shifoxonaga keltirib oʻrnatildi.
Xalq qabulxonamiz tomonidan respublika miqyosida birinchilardan boʻlib yangicha jarayonlarni amaliyotga tatbiq etishimiz biz kutgandan ham ziyod samara bera boshladi. Yaʼni, Andijon viloyatidagi barcha tashkilot, muassasa rahbarlari bilan kelishilgan holda tumanning eng chekka va olis hududlarida ommaviy sayyor qabullarini oʻtkaza boshladik.
Bevosita aholi istiqomat qilayotgan mahallalarning oʻzida sektor rahbarlari bilan hamkorlikda qabullarni joriy etdik. Natijada oʻnlab murojaat qabul qilinib, barcha soʻrovlar yuzasidan ijobiy yechimga erishdik. Minglab hamyurtlarimiz oʻzlarining uzoq yillar davomida yechimini kutib turgan muammolari hal boʻlganidan xursand boʻlganini koʻrish xizmatimizga berilgan munosib bahodir.
Bir soʻz bilan aytganda, Xalq qabulxonasi instituti xalq bilan muloqotning oʻziga xos, noyob tizimi sifatida jamiyatdagi muammolarni bartaraf etishga, odamlarning oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashini taʼminlashga yaqindan yordam bermoqda.
Oybek MELIBOYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organ qaysi?
Oʻzbekiston Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-sonli qaroriga muvofiq, axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu qaror bilan mamlakatda kiberjinoyatchilikka qarshi tizimli va qatʼiy yondashuv joriy etilib, huquqni muhofaza qilish sohasidagi masʼuliyatli organlar va moliya muassasalari uchun yangi vazifalar belgilab berildi.Qarorga asosan, Ichki ishlar vazirligi
Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Alenka Suxadolnik Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida'maʼlum qildi.TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12-may kuni u yangi tayinlangan еlchi Alenka Suxadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.'Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz. Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana
MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri
Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk