' 'Ekobogʻ'ning koʻp qirrali vazifalari bor, ' deydi universitetning Biotexnologiya fakulteti dekani Davron Dehqonov. ' Uning tashkil etilishi natijasida oʻn yettita fan boʻyicha ochiq amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini olib borish, Namangan viloyatida tarqalgan 75 turdagi endemik, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklarni muhofaza qilish, dunyoning beshta qitʼasiga oid ekspozitsiyalar tashkil etish, oʻsimliklarni muhofaza strategiyasi, yangi navlarni yaratish, iqlim oʻzgarishi va suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish vazifalari belgilangan. Shu bilan birga umumtaʼlim maktablari va akademik litsey oʻquvchilari uchun manzarali oʻsimliklarni koʻpaytirish boʻyicha 'Integratsiya markazi'ni barpo etish, yoshlar ishtirokida 'Namangan ' gullar vatani', 'Yashil universitetim' kabi festivallarni tashkil etish ham rejamizda bor.
Qudratilla NAJMIDDINOV, 'Xalq soʻzi'.
Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga
Choʻngʻarada bepul tibbiy koʻrik oʻtkazildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Rishton tumanining eksklav hududidagi 'Choʻngʻara' mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida navbatdagi bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi.Choʻngʻaraliklar Rishton tumani tibbiyot birlashmasining kardiolog, nevropatolog, urolog, rulmonolog, akusher-ginekolog kabi shifokorlari koʻrigidan oʻtdi. Shu kuni tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Bunyodbek Hojirahmatov ishtirokida sayyor qabul ham uyushtirilib, kasalliklar profilaktikasi,
Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti
“Oʻzgidromet” 9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurtda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatla