calendar 18 Jan 17:50
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

AQSH va Isroil Gʻazo sektorida nazoratni kimga topshirishni jiddiy muhokama qilmoqda

image
AQSH va Isroil urushdan keyin Gʻazo sektori ustidan nazoratni Falastin milliy maʼmuriyatiga oʻtkazish boʻyicha 'jiddiy' muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

'Urushdan keyin Gʻazo ustidan nazoratni Falastin maʼmuriyatiga topshirish boʻyicha AQSH-Isroil jiddiy muzokaralar olib borilmoqda', ' deyiladi telekanal xabarida.

'Al Arabiya' manbalariga koʻra, yaqinda Isroil, Amerika va Falastin rasmiylari anklav kelajagini muhokama qilgan.

Avvalroq, Isroilning 'Times of Israel' gazetasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning 'oʻta oʻng' koalitsiyadagi hamkorlari Falastin milliy maʼmuriyatining Gʻazo sektoridagi hukmronligi haqidagi har qanday muhokamani rad etishi haqida xabar bergan edi.

Gʻazo sektoridagi vaziyat 2023-yilning 7-oktyabr kuni keskinlashdi. Bunga Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti tomonidan eʼlon qilingan 'Al-Aqso toʻfoni' operatsiyasi doirasida Isroil hududiga yuzlab raketalar uchirilgani sabab boʻldi. Shundan soʻng tashkilot jangchilari Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib, u yerda ham harbiy, ham tinch aholiga qarata oʻt ochgan, shuningdek, 200 dan ortiq odamni garovga olgan.

Isroil rasmiylarining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, ushbu hujum oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi 'Temir qilichlar' operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida isroillik harbiylar Gʻazo bilan chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havo hujumlarini boshladi. Shuningdek, Isroil Gʻazo sektorini toʻliq blokadaga olganini eʼlon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatildi.

Oʻtgan yilning oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi.

Falastin anklavining Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroilning hujumlari oqibatida Gʻazoda 24,4 ming kishidan ortiq odam halok boʻlgan, 61 mingdan koʻp odam jarohatlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
29
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn

11 Jul 15:12
 
122
0
xs.uz

Fethiye: madaniyat va tabiatning mukammal uygʻunligi

1. OʻlidenizFethiyeni Oʻlidenizsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Butun dunyoga mashhur ushbu plyaj oʻzining firuza rang shaffof dengizi va oq qumlari bilan barchani hayratda qoldirmoqda. Oʻlidenizda paraplanda uchib, yuqoridan bamisoli qush kabi ajoyib manzarani tomosha qilish va sokin suvlarda suzish kabi zavqli mashgʻulotlar bilan taʼtilni maroqli oʻtkazish mumkin.2. Likiya yoʻliFethiyening Likiya yoʻli tabiat qoʻynida sayr qilishni sevuvchilar va trekking ixlosmandlari uchun munosib ma

15 Jul 12:02
 
43
0
qalampir.uz

Isroilning G‘azoga qilgan hujumida HAMASning yana bir qo‘mondoni halok bo‘ldi (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga qilgan hujumlari oqibatida HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salama halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.    G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 71 kishi halok bo‘lgan, 280 dan ortiq kishi jarohatlangan. G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumdan maqsad HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyfni nishonga olish bo‘lgani ayt

16 Jul 16:17
 
106
0
qalampir.uz

Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyga gaz tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda

Joriy yilda Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tranzitini, shuningdek, turkman va o‘zbek gazining Xitoyga tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi. “2023 yil oktyabr oyida Rossiya gazining O‘zbekiston Respublikasiga tranziti boshlandi. 2023 yilda 1,28 milliard kub metr tashilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 3,8 milliard kub metrga va keyinchalik yiliga 11 mlrd kubo