calendar 18 Jan 16:10
eye 92
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH husiylar harakatini qayta terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

image
Bayden husiylarni “terrorchi guruh” deb hisoblashini aytdi north_east

Bayden husiylarni “terrorchi guruh” deb hisoblashini aytdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamandagi husiylar harakatini biroz tanaffusdan so‘ng yana terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda jurnalistlar uchun o‘tkazilgan maxsus brifingda Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakili ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab ogohlantirishlar va diplomatik sa’y-harakatlarga qaramay, husiylarning hujumlari to‘xtamagan. Ushbu davom etayotgan va kuchayib borayotgan agressiyaga javoban Qo‘shma Shtatlar husiylarni terrorchi tashkilot sifatida belgilagan. 

"Tadbirlar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylarning Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida davom etayotgan hujumlari tufayli ko‘rildi. Ushbu hujumlar terrorizm namunasidir, ular xalqaro huquqni buzadi, hayotga, global savdoga jiddiy xavf tug‘diradi va gumanitar yordam yetkazilishini to‘sadi. Qo‘shma Shtatlar o‘z harakatlari bilan husiylarga bosim o‘tkazishga umid qilmoqda, bu eskalatsiyani pasaytirish va ularning xatti-harakatlarini yaxshi tomonga o‘zgartirish maqsadini ko‘zlaydi. Agar husiylar shartlarimizga ko‘nsa, biz ularni ro‘yxatdan chiqarish haqida o‘ylashimiz mumkin", deydi u.

Ma’muriyat matbuot kotibi qaror 30 kundan keyin kuchga kirishini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu Yamanning tinch aholisi cheklovlardan aziyat chekmasligi uchun mamlakatga gumanitar yordam yetkazish mexanizmlarini yaratish uchun zarur. 

“Xususan, Yamanga dengiz orqali oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish sanksiyalardan chiqariladi. AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi bunday yuk tashish, portlar, aeroportlar va telekommunikatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar va jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi beshta umumiy litsenziya beradi”, deydi rasmiy.

Yaman hukumati AQSHning husiylar harakatini “xorijiy terrorchi tashkilot” ro‘yxatiga kiritish qarorini olqishladi. Rasmiy bayonotda AQSHning qarori Yaman hukumati qaroriga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan.

“AQSHning ushbu qarori Yaman hukumatining xalqaro hamjamiyatni Yaman xalqini ushbu terroristlarning zulmidan himoya qilish uchun jiddiy qadamlar qo‘yishga qaratilgan doimiy chaqirig‘iga javobdir", deyiladi rasmiy xabarda.

Bayonotda husiylar “terrorchilik harakatlarini bas qilishga, Eronga sodiqlikdan voz kechishga, shuningdek, Yaman hamda butun mintaqa xavfsizligi va barqarorligini saqlashga qaratilgan tinchlik tashabbuslarini qabul qilishga” chaqiriladi.

Ma’lumot uchun, Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Trampning ma’muriyati husiylar harakatini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan. Biroq hokimiyatga Jo Bayden kelgach, ular ushbu ro‘yxatdan chiqarilgan. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘shanda bu qaror gumanitar sabablarga ko‘ra qabul qilinganini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
201
0
xs.uz

Isroildagi legionerlar klublaridan tekinga ketishi mumkin

Yaqin Sharqda, ayniqsa Isroil va Eron oʻrtasidagi harbiy-siyosiy keskinlik kuchaygani sababli, FIFA Isroil klublarida toʻp surayotgan xorijlik futbolchilarga hech qanday tovon toʻlamasdan jamoalarni tark etishga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda 'The One' nashri xabar berdi. FIFA bu kabi holatlarda futbolchilarning xavfsizligini ustuvor deb biladi va shunga muvofiq favqulodda choralar koʻrishga tayyor.Ushbu holat yuzasidan amaliy misollar allaqachon paydo boʻlgan. Jumladan, Isroilning 'Xapoel

18 Jun 21:56
 
200
0
xs.uz

Eron AQSH bazalariga hujum qilish uchun raketalarni tayyorlab qoʻydi — OAV

Qayd etilishicha, AQSH allaqachon Yevropaga oʻttizga yaqin tanker samolyotlarini joʻnatgan boʻlib, ulardan Qoʻshma Shtatlar bazalarini himoya qiluvchi qiruvchilarga yordam berish mumkin. Maqolada aytilishicha, ular Eron yadroviy inshootlariga ehtimoliy zarba berishda ishtirok etuvchi bombardimonchi samolyotlar safini oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin.Avvalroq, 'The Wall Street Journal' AQSH prezidenti Donald Tramp bir qancha variantlarni, jumladan Vashingtonning Eronga ehtimoliy zarbasi

15 Jun 10:46
 
40
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

13 May 14:38
 
131
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori