RAQAMLASHTIRISH – KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA ENG SAMARALI YЕCHIM
Xususan, 2023-yil 20-dekabr kuni davlat rahbari raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqish va unda davlat idoralari faoliyatining yanada shaffofligini ta’minlash va hisobdorligini oshirish, ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi va sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Har doimgidek dolzarb
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish uslublari va mexanizmlari, shuningdek, ushbu toifadagi jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan jinoyat qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berganiga qaramay, bu masala har doimgidek dolzarbligicha qolmoqda.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishlaridan biri davlat organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanishni «elektron davlat» atamasi birlashtiradi, bu esa, o‘z navbatida, «elektron hukumat», «elektron parlament», «elektron adliya» kabi tushunchalarni qamrab oladi. Elektron adliya deganda, ma’lumotlarni raqamli qayta ishlashga ega texnik tizimlardan foydalanishga asoslangan odil sudlovni amalga oshirish usuli tushuniladi.
Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi tomonidan 38 ta davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarga elektron tarzda ko‘rsatib kelinmoqda, yaqin kelajakda ularning soni 72 taga yetkazilishi belgilangan.
Shuningdek, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan yaqin hamkorlikda elektron davlat xizmatlari ulushini yanada oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida foydalanish uchun keng istiqbolga ega. Shu bilan birga, ularni qo‘llash doirasini ikkita vektorga bo‘lish mumkin:
– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish, tekshirish, bashorat qilish va monitoring qilish yo‘li bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda bevosita qo‘llash;
– davlat organlari faoliyatida samaradorlik, hisobdorlik va oshkoralik tamoyillarini ilgari surish orqali korrupsiyaga bilvosita ta’sir qilishda qo‘llash.
Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish
Korrupsiyaga qarshi kurashishda sun’iy intellektdan foydalanishga oid misollar nisbatan kam bo‘lsa-da, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, undan foydalanish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish va bashorat qilish jarayonini sezilarli darajada osonlashtirishi mumkin.
Vakolatli organlar uchun juda murakkab va ko‘p vaqt talab qilishi mumkin bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtirish vaqt va boshqa resurslarni sarflashni optimallashtiradi va diqqatni faqat eng muhim ma’lumotlarga, masalan, ehtimollik darajasi yuqori bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar mavjudligini (sodir etish imkoniyatini) ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga qaratadi. Buyuk Britaniyada sun’iy intellektdan foydalanish tergovchilarga atigi bir necha oy ichida 30 milliondan ortiq hujjatlarni tahlil qilish va tergovga tegishli ma’lumotlarni tanlash imkonini berdi.
Sun’iy intellekt anomaliyalarni, korrupsiyaning ehtimoliy buzilishlarini ko‘rsatadigan «qizil bayroqlar»ni ancha yuqori aniqlik bilan erta aniqlashga yordam beradi. Misol uchun, Ispaniyada tadqiqotchilar neyron tarmoqlarga asoslangan modelni ishlab chiqdilar, bu ularga mamlakat hududlarida korrupsiya qonunbuzarliklari ehtimolini hisoblash va ularni amalga oshirishga yaratilgan qulay shart-sharoitlarni aniqlash imkonini berdi.
Shunday qilib, bir qator funksiyalarni sun’iy intellektga o‘tkazish orqali qo‘shimcha korrupsiya xavfini keltirib chiqaradigan inson omilining ta’sirini kamaytirish mumkin.
blokcheyn
TEXNOLOGIYASI
Taqsimlangan ma’lumotlar (distributed database) bazalarining texnologiyalaridan biri bo‘lgan blokcheyn hokimiyat va tashkilotlar faoliyatining shaffofligini va ular boshqarayotgan ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda foydalanish uchun keng imkoniyatlarga ega. Korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida ushbu texnologiyadan, masalan, yer reyestrini yuritish, byudjet ma’lumotlarini oshkor qilish, shartnomalarni bajarish, tranzaksiyalarni amalga
oshirish va ta’minot zanjirlarini boshqarishda foydalanish mumkin:
blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan shaffof va hisob beruvchi tizim vijdonsiz shaxslarga ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish va firibgarlik yoki korrupsion faoliyatni amalga oshirishni qiyinlashtiradi;
blokcheyn texnologiyasiga asoslangan tizimda amalga oshirilgan tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki o‘chirishning mumkin emasligi barcha tranzaksiyalarning to‘liq va ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ma’lumotlarni adolatsiz o‘zgartirish xavfini minimallashtirish imkonini beradi;
ta’minot zanjirini boshqarishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish, xususan, hisobni yuritish va kuzatib borish imkoniyatlarini yaratadi.
Big data – katta ma’lumotlar tahlili
Big data katta ma’lumotlar tahlilidan korrupsiyaga qarshi kurashishda ikkita asosiy yo‘nalishda foydalanish mumkin:
– shubhali operatsiyalarni aniqlash, tekshirish, monitoring qilish korrupsiya xavfini baholash. Masalan, Budapeshtdagi korrupsiyani o‘rganish markazi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida davlat xaridlarini monitoring qilish uchun Big data ma’lumotlar tahlilidan foydalanadi, juda qisqa tender muddatlari yoki g‘ayrioddiy natijalar (masalan, tenderlarda raqobatning yo‘qligi yoki bir xil tashkilot tomonidan qayta-qayta g‘alaba qozonish) kabi anomaliyalarni aniqlaydi;
– xabardorlikni oshirish, milliy, tarmoq yoki mahalliy korrupsiyaga qarshi siyosatni takomillashtirish hamda bashoratli tahlil va vizualizatsiya orqali ularni amalga
oshirish natijadorligiga erishish, qarorlarni yanada samarali qabul qilishga hissa qo‘shish.
Aytish joizki, raqamlashtirish orqali inson omili kamaytiriladi va axborot tizimlari bilan ishlashga o‘tiladi. Inson omilini kamaytirish – korrupsiyaning «oyog‘iga bolta urish»dir.
Abdurasul IMINOV,
IIV Akademiyasi axborot texnologiyalari kafedrasi boshlig‘i, fizika-matematika fanlari nomzodi, podpolkovnik.
KITOB – BEMINNAT USTOZ
IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi o‘tkazildi. Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Axborot kutubxona markazi» binosida bo‘lib o‘tgan, «Kitob-beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir» mavzusiga bag‘ishlangan tanlov ishtirokchilari o‘zlari o‘qigan kitoblar orasidan ikkitasining muallifi, qahramonlari, v
“Jon qozoqning oqinlari doʻstiman — yaqiniman”
Qadimdan qon-qarindosh, urugʻdosh, eldosh, tildosh, dindosh qozoq bovurlarimiz bilan bizning tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz bir.Yangi zamonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev janobi oliylarining oqilona siyosati natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari bugungi kunda ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.Yaqindagina roʻy bergan, ammo oʻzining teran mohiyatiga ko
KITOB – BEMINNAT USTOZ
IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi o‘tkazildi. Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Axborot kutubxona markazi» binosida bo‘lib o‘tgan, «Kitob-beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir» mavzusiga bag‘ishlangan tanlov ishtirokchilari o‘zlari o‘qigan kitoblar orasidan ikkitasining muallifi, qahramonlari, v
KELAJAK YARATUVCHILARI
Ma’naviyat va ma’rifat darsi(1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.Shavkat MIRZIYOYEV Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilay