calendar 17 Jan 14:05
eye 111
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Germaniya 2024 yilda Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshiradi

image

Germaniya bu yil Ukrainaga harbiy yuklar yetkazib berish uchun 7 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratadi. Bu haqda Germaniya hukumati kansler Olaf Shols va Amerika Prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi telefon suhbatidan keyin ma’lum qildi. 

Ular Ukrainaga moliyaviy, harbiy va gumanitar yordamni davom ettirish zarurligi haqida kelishib olgan. 

Oq uy matbuot xizmati ikkala siyosatchi ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirayotganini ta’kidlagan.

Dastlab, bu yil Ukrainaga kamroq miqdor – 4 milliard yevro ajratish rejalashtirilgan edi. Mudofaa vaziri Boris Pistoriusning iltimosiga binoan mablag‘ miqdori ikki baravar oshirildi.

Bu qaror Germaniya harbiy xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2,1 foizigacha oshiradi – bu esa NATO talablariga muvofiqdir.

Eslatib o‘tamiz, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurol va harbiy texnika yetkazib berishni to‘xtatganini ma’lum qilgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:06
 
26
0
xs.uz

Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan — “Wall Street Journal”

AQSH prezidenti Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi uchta buyuk davlat: AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan yangi dunyo tartibini shakllantirishga olib keladi. Ushbu fikrlarni 'Wall Street Journal' sharhlovchisi Jerar Beyker ushbu nashrda chop etilgan maqolasida aytib oʻtdi.Muallifning qayd etishicha, AQSH global yetakchilik yukini juda uzoq vaqt davomida oʻz zimmasiga olganini va Amerikaning milliy manfaatlarini yanada torroq belgilash vaqti kelganini tan olmoq

19 Feb 00:21
 
25
0
xs.uz

Ingliz qoʻshinlari Ukrainaga joylashtirilishi mumkin – Daily Telegraph

Tramp maʼmuriyati Rossiya bilan urushni Yevropa ishtirokisiz hal qilishga harakat qilayotgan bir paytda, Yevropa davlatlari rahbarlari Fransiyada Ukraina boʻyicha favqulodda sammit oʻtkazmoqda.Trampning Putinga nisbatan pozitsiyasi va AQSH rasmiylarining Ukraina hamda NATO haqidagi bayonotlari Yevropada xavotir uygʻotgan. Koʻpchilik kelishuv Rossiyaga ustunlik beradi, deb hisoblamoqda.Yakshanba kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH va Rossiya oʻrtasida Ukraina boʻyicha qabul qil

27 Jan 00:54
 
58
0
xs.uz

Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin

Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di

31 Jan 15:22
 
52
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa