calendar 16 Jan 21:10
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Karmanaga yangi hokim tayinlandi 

image

Valijon Adizov Yusupovich Navoiy viloyatining Karmana tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bugun, 16 yanvar kuni Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdan tashqari yetmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, tuman hokimi lavozimiga Adizov Valijon Yusupovichni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirgan.

Ushbu qaror xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, Valijon Adizov lavozimga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Toshkent viloyatining Bekobod,  Andijon viloyatining Izboskan  va Namangan viloyatining Chortoq tumanlariga hokimlar tayinlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
96
0
xs.uz

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi

'Qamchiq' dovonida yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda 'Qamchiqavtoyoʻl' xabar berdi.Qayd etilishicha, kecha, 14-iyul kuni soat 18:00 da Guliston'Boʻka'Angren'Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh avtomobil yoʻlida Toshkent'Vodiy yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 'Isuzu' rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi temir toʻsiqqa urilgan va transport vositasida yongʻin sodir boʻlgan.Foto: 'Qamchiqavtoyoʻl'Maʼlum qilinis

11 Jul 09:41
 
44
0
qalampir.uz

Hilola Umarova maktab direktorini qamatgan hokimga nishon taqdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bundan qariyb bir yil oldin maktabning direktori bilan janjallashgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovni “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Vazir Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “Xalq t

18 Jul 11:11
 
59
0
xs.uz

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Samarqand viloyatida avtobus yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda piyoda halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, voqea 13-iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqoʻrgʻon tumani M.Ulugʻbek mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-48 'Zarafshon Trakt' avtomobil yoʻlining 94-kilometrida sodir boʻlgan. Haydovchi 'Midibus SAZ NP 21' rusumli transport vositasida 'Payshanba-Kattaqoʻrgʻon shahar' yoʻn

15 Jul 12:03
 
60
0
qalampir.uz

Andijonda ko‘prik qulab tushdi (video)

Andijon viloyatida kuchli sel tufayli viloyatning Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi rasmiy ma’lumot berdi. “Ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyilgan xabarda. Qayd etilishicha, sodir