calendar 16 Jan 17:45
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jahon banki Qozog‘istonni mintaqaviy yetakchiga aylanishini bashorat qilmoqda

image

Jahon banki Qozog‘istonning mintaqadagi yetakchi mavqeini yanada mustahkamlashni kutmoqda. Bu haqda moliya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova respublika Bosh vaziri Alixon Smailov bilan uchrashuvda ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon banki mamlakat ichida yangi loyihalarni tayyorlashni faollashtirgan, bunga 2023 yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yordam bergan. Bu Vazirlar Mahkamasining olis aholi punktlarini internet tarmog‘iga ulash dasturiga ham tegishli. 

“Menimcha, bu Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari uchun juda yaxshi namuna bo‘ladi. O‘ylaymanki, Qozog‘istonning mintaqaviy yetakchi sifatidagi roli kuchayadi”, deydi Proskuryakova. 

O‘z navbatida, Smailov Jahon banki bilan 30 yildan ortiq hamkorlikda respublikada umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 48 ta qo‘shma loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilganini, ayni paytda oltita faol loyiha ishlab chiqilayotganini aytgan.

“Qozog‘iston hukumati Jahon banki bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori”, deydi Vazirlar Mahkamasi rahbari. 

Muzokaralar chog‘ida iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamlashtirishni amalga oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabrida Jahon banki O‘zbekistonga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratdi. Mazkur islohotlardan ko‘zlangan maqsad mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, fuqarolarga teng iqtisodiy imkoniyatlarni ta’minlash va milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun mustahkam zamin yaratishdan iborat.
 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
96
0
xs.uz

“DeepSeek” AQSH moliya bozoriga 1 trillion dollarga tushdi

Xitoyning 'DeepSeek' nomli sunʼiy intellekt modelining ommaga taqdim etilishi va u tufayli kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSH moliya bozori 1 trillion dollar atrofida mablagʻ yoʻqotdi.Bunga sabab Amerika kompaniyalarining 'OpenAI' kabi sunʼiy intellekt dasturlari uzoq vaqt hamda milliardlab dollar sarflab yaratilgan. Xitoycha chat-bot esa sanoqli oylarda, bor-yoʻgʻi 6 million dollar evaziga tayyor holatga keldi. Unda aniqlanayotgan ayrim kamchiliklarga qaramay, SI yaxshi natijalar koʻrs

27 Jan 00:54
 
66
0
xs.uz

Pentagon noqonuniy migratsiyaga qarshi Meksika chegarasiga qoʻshin yuboradi

Donald Tramp AQSH-Meksika chegarasida favqulodda holat eʼlon qildi va Pentagonga u yerga qoʻshinlar, uchuvchisiz samolyotlar va boshqa jihozlarni yuborish, shuningdek, chegara devori qurilishini qaytadan boshlashni buyurdi. Bu haqda 'The Washington Post' gazetasi AQSH bojxona va chegarani himoya qilish xizmati hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Robert Salessesning aytishicha, birinchi toʻlqin bilan chegaraga kamida 1500 nafar quruqlik qoʻshinini jo

09 Mar 06:34
 
7
0
xs.uz

Falastin aholisi Trampning tahdidiga javob qaytardi

5-fevral kuni AQSH prezidenti Donald Tramp HAMAS asirligidan ozod boʻlib vataniga qaytgan Isroil fuqarolari bilan muloqot oʻtkazgan edi.Amerika rahbari ushbu suhbatdan soʻng, HAMAS harakatiga oxirgi bor ogohlantirish berib, barcha isroillik asirlarni zudlik bilan ozod qilish hamda jasadlarni oʻz vataniga qaytarishni talab qilgan.Shuningdek, Tramp oʻz murojaatida Gʻazo xalqiga ham tahdidli chaqiriq yoʻllagan.'Sizlarni ajoyib kelajak kutmoqda, ammo rahbariyatingiz garovdagilarni qoʻyib yub

31 Jan 15:22
 
50
0
xs.uz

AQSH poytaxti Vashingtonda dahshatli aviahalokat sodir boʻldi

AQSH poytaxti Vashingtonda havoda harbiy vertolyot bilan toʻqnashgan samolyot Potomak daryosiga quladi. Bu haqda 'CNN' nashri xabar berdi.Jahon axborot agentliklari xabariga koʻra, aviahalokat Oq uy va Kapitoliydan toʻrt kilometr janubda, Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida sodir boʻlgan.Samolyot bortida 60 yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzosi, vertolyotda esa 3 kishi boʻlgani aytildi. Hozirga qadar yoʻlovchi layneri qulagan daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi. Aviahalokatdan 4