calendar 16 Jan 16:13
eye 104
comments 0
comments Manba: xs.uz

Vatan mahallaning ostonasidan boshlanadi

image
Unda Prezidentimizning 'Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmoni hamda 'Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qaroridan kelib chiqqan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Shahar va tumanlardan delegat sifatida saylangan 169 nafar mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari, Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat kengashi aʼzolari, viloyat Nuroniylar jamoatchilik Kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat boʻlimi, viloyat Kasaba uyushmalari birlashmasi, turli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tashkiliy yigʻilishni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov olib bordi.

Viloyat hokimi aynan ana shu farmon va qaror mazmun mohiyatga, ularda belgilangan muhim vazifalarga eʼtiborni qaratdi. Unda soʻz olgan mahalla raislari esa bu kabi dolzarb masalalarga oʻz munosabatini bildirishdi.

Yigʻilishda shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratildi.

Tashkiliy yigʻilishda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining taʼsis Konferensiyasiga 10 nafar delegat saylandi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad

08 Jun 02:26
 
24
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali gaplashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda bir-birini va doʻst xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqo

13 Jun 00:38
 
24
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi

Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo

15 Jun 10:46
 
36
0
xs.uz

Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be