calendar 16 Jan 13:15
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

Darslarda foydalanish uchun har yili 50 tagacha oʻquv-uslubiy film ishlab chiqariladi

image
Hukumat qarori (24-son, 13.01.2024-y.) bilan Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga koʻra, taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Har yili 30-yanvargacha filmlarning tasdiqlangan mavzulari roʻyxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Shunga koʻra, Agentlik tomonidan har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi. Bunda filmlarning mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi murakkab boʻlgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi. Filmlarni joylashtirish uchun 2024-yil 1-aprelgacha oʻquv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasi yaratiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 11:37
 
118
0
qalampir.uz

Andijonda salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan sex aniqlandi

Andijon shahrida alyuminiy mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “B.S.Z.” MCHJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyuminiy mahsulotini qayta ishlash

10 Jul 09:54
 
67
0
qalampir.uz

Elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olmagan – Energetika vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani qayd etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, ushbu xabar mutlaqo noto‘g‘ri.  “Ijtimoiy tarmoqlarda elektr hisoblagichlar aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi to‘g‘risida murojaatlarning har biri Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan alohida nazoratga oli

26 Jul 10:20
 
40
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz Xalqaro nemis tili olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi (video)

Germaniyaning Gyottingen shahrida joriy yilning 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Dunyoning 62 davlatidan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan nemis tili bo‘yicha xalqaro musobaqada Andijon shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova barcha bosqichlarda

22 Jul 21:06
 
75
0
qalampir.uz

Chek so‘ragan bolani urgan sotuvchi qamaldi

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi do‘konlardan birida QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga do‘kon sotuvchisi tomonidan tarsaki tushirilgani haqida xabar berilgandi. Do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud do‘kon sotuvchisi Z.A.ga 13 yoshli (2011 yilda tug‘ilgan) bolaga nisbatan qilgan g‘ayri