calendar 16 Jan 12:59
eye 160
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Jinoyat omillari” moduli yaratiladi

image
'Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-22-son, 15.01.2024-y.) qabul qilindi. Quyidagilar respublikamizda kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi, xususan: ' jinoyatchilik, shu jumladan latent jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qilish, salbiy tendensiyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish; ' jinoyatning asl omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlari tizimini belgilash, kriminologik faoliyatga sunʼiy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etib borish. Institut kriminologiya sohasi boʻyicha tayanch ilmiy tashkilot hisoblanadi hamda kriminologik faoliyatni ekspertlik va ilmiy taʼminlash ishlarini vakolati doirasida muvofiqlashtiradi. Institutning ilmiy tarkib lavozimlari yuridik, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot va geografiya sohalari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar bilan jamlanadi. Institutga ilmiy-amaliy tadqiqotlar jarayoniga shartnoma asosida, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yuqori ilmiy-tahliliy mahoratga ega mutaxassislarni 1-yilgacha muddatga jalb etish va mehnat bozori konyunkturasini inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash huquqi beriladi. 2024-yil 1-iyulgacha ilmiy diagnoz asosida jinoyatchilik omillarini aniqlash mexanizmlarini nazarda tutgan holda 'E-jamoat havfsizligi' yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining 'Jinoyat omillari' moduli yaratiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

Sizni iliq va quyoshli dam olish kunlari kutilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 25-26-yanvarda Respublikamizda hukm suradigan ob-havo haqidagi maʼlumotni boʻlishdi.Markazning maʼlum qilishicha, dam olish kunlari sovuq havo massalari Respublikadan chekina boshlaydi. Havo harorati koʻtarilishi fonida butun mamlakat boʻylab quyoshli va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.Shanba kuni kechasi havo harorati 2 dan 7 darajagacha sovuq oraligʻida saqlanib, kunduzi 7-12 darajagacha iliq boʻladi. Yakshanba kuni esa kech

27 Jan 00:53
 
26
0
xs.uz

Bilasizmi: yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlasangiz, qancha jarima toʻlaysiz?

Endilikda yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun qariyb 19 million soʻm miqdorida jarima belgilanishi mumkin. Yuz bergan holatga qarab jarima miqdori BHMning 5 baravaridan 50 baravarigacha belgilanadi.Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1019-son, 16.01.2025-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.Unga koʻra, yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi ha

27 Jan 00:53
 
25
0
xs.uz

Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov

Deputat Alisher Qodirov yashil energetikaning istiqbollari haqidagi postida gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini bildirdi. 'Milliy tiklanish' partiyasi rahbari bu haqda oʻzining 'Telegram' kanalida yozib qoldirgan.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin', ' deydi deputat.Bundan tashqari, partiya ra

27 Jan 00:53
 
20
0
xs.uz

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi.O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, ya'ni qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do'stona muhitni mustahkamlash hamda o'zaro hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o'rin tutadi.