calendar 15 Jan 18:50
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMT Ukrainaga yordam berish uchun 4,2 milliard dollar so‘radi

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti donorlarni 2024 yilda Ukrainadagi mojarodan jabrlanganlar va ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun jami 4,2 milliard dollar yordam berishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Jenevada o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Dastlab BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) va Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi (UNHCR) 2024 yil uchun Ukraina va uning aholisiga yordam berish rejasini taqdim etdi. Yig‘ilishda BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha koordinatori Martin Griffits hamda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va migratsiya oqimini kuchaytirgan mojaro kelasi oy ikki yoshga to‘ladi”, deydi Griffits.

BMT tomonidan so‘ralgan mablag‘lar mamlakatda qolgan 8,5 million muhtoj ukrainaliklarga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 3,1 milliard dollar ajratishni ham o‘z ichiga oladi. Bildirilishicha, Ukrainadagi insonparvarlik ehtiyojlariga javob berish OCHA tomonidan muvofiqlashtiriladi. 

Yana 1,1 milliard dollar esa 2,3 million qochqin va ularni qabul qiluvchi jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. 

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainada 14,6 milliondan ortiq odam, ya’ni mamlakat aholisining 40 foizi insonparvarlik yordamiga muhtoj. Taxminan 6,3 million kishi esa mamlakatni tark etib, qochqin sifatida yashamoqda. Biroq, qochoqlarning 40 foizdan 60 foizgacha qismi ko‘pincha past malakali ishlarda ishlayotgani sababli yetarli yashash sharoitiga ega bo‘lmagan holda muhtoj bo‘lib qolmoqda.

“Mezbon davlatlar mahalliy hamjamiyatlarni himoya qilish va qamrab olishni ta’minlashda davom etmoqda, biroq ko‘plab muhtoj qochqinlarga hali ham yordam zarur. Ularga nisbatan xorijda kun kechira olmayotgani uchun uyga qaytishga bosim o‘tkazilmasligi kerak”, deydi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi. 

Matbuot anjumanida jurnalistlar BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Martin Griffitsga xalqaro tashkilot bu yil Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash imkoniyatini hisobga olganmi yoki mojaro davom etishini inobatga olgan holda reja tuzyaptimi degan savol bilan murojaat qilgan. Griffits esa bunga javoban diplomatiya va tinchlik muzokaralari uning vakolatiga kirmasligini aytgan.

“Biz doimo dunyoning barcha burchaklari uchun insonparvarlik yordamini rejalashtiramiz. Biz taqdim etgan har bir reja butun yilni qamrab oladi. Ya’ni, agar to‘satdan mo‘’jiza ro‘y bersa va mojaro tugasa, biz ukrain xalqidan keyin eng baxtli odamlar bo‘lamiz va mablag‘ni Ukrainani tiklash uchun yo‘naltiramiz", degan Griffits. 

Bosh kotib o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, mojaro tugaganidan keyin Ukrainani qayta tiklash uchun har qanday holatda ham jiddiy miqdordagi moddiy resurslar talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, OCHA direktori Edem Vosornu 10 yanvar kuni BMT Xavfsizlik Kengashining Ukrainadagi urushga bag‘ishlangan yig‘ilishida 2022 yilning fevralida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri mamlakatda 10 ming 200 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaga yana dron va raketalar bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari bugun, 25 iyul kuni Ukrainaga 38 ta Shahed-131/136 jangovar dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Oleshukning yozishicha, 25 ta dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Odessa viloyatining janubidagi va Ukrainaning markaziy hududlaridagi infratuzilma ob’ektlari hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev, Odessa, Xerson, Nikolayev, S

20 Jul 17:30
 
64
0
qalampir.uz

Islom hamkorlik tashkiloti BMT sudining Falastin bo‘yicha qarorini olqishladi

Islom hamkorlik tashkiloti, Falastin va ularning rasmiylari BMT Xalqaro sudining Isroilning Falastin hududini bosib olishi noqonuniy ekanligi va zudlik bilan tugatilishi kerakligi haqidagi sud xulosasini olqishladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.  “BMT sudining  xulosasi adolat va xalqaro qonuniylikning g‘alabasi, shuningdek, Falastin xalqining qonuniy huquqlarining tasdig‘idir”, deyiladi IHT bayonotida. Falastin Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni

19 Aug 07:04
 
21
0
xs.uz

Oydagi foydali qazilmalarni qazib olish qachon boshlanadi?

Odamlar qachon Oyda joylashgan resurslarni qayta ishlashni boshlaydi? Ushbu savolga Roskosmos rahbari Yuriy Borisov javob berdi.Borisovning taʼkidlashicha, Oyda Yerda kam uchraydigan koʻplab minerallar mavjud. Mutaxassis ular orasida noyob tuproq metallari va geliyni ham sanagan. Roskosmos rahbari 2040-yildan keyin insoniyat ushbu resurslarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni boshlash lozimlini qayd etgan.

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so