calendar 15 Jan 17:20
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Germaniya Rossiya va NATO o‘rtasidagi ehtimoliy urush ssenariysini tayyorladi – “Bild”

image

Germaniya NATO va Rossiya o‘rtasidagi urush rejasini ishlab chiqmoqda. Germaniya Mudofaa vazirligi ssenariysiga ko‘ra, u 2025 yilning yozida boshlanishi mumkin. Bu haqda Germaniya Qurolli kuchlari (Bundesver)ning yashirin hujjatiga tayanib, “Bild” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, harbiy departament “bosqichma-bosqich, oyma-oy” Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qanday harakat qilishi va taxminiy tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda NATO o‘zini qanday himoya qilishi tasvirlangan o‘quv ssenariysini ishlab chiqqan.

“Alyans mudofaasi – 2025" deb nomlangan ssenariy 2024 yilning fevralida, Rossiya yangi safarbarlikni amalga oshirib, 200 ming kishini armiyaga chaqirgan paytda boshlanadi. Unga ko‘ra, Rossiya kuchlari Ukrainaga bahorgi hujumni boshlaydi va iyun oyigacha Ukraina armiyasini ortga qaytaradi.

Prognozga ko‘ra, iyul oyida G‘arbga qarshi kiberhujumlar va gibrid urushning boshqa shakllari start oladi. Shuningdek, Boltiqbo‘yi mamlakatlarida ham to‘qnashuvlar yuz beradi. Rossiya esa buni bahona qilib, o‘z hududida va Belarusda keng ko‘lamli mashg‘ulotlarni boshlaydi. Oktyabr oyida Rossiya Kaliningradga qo‘shinlari va o‘rta masofaga uchuvchi raketalarini olib boradi. 2024 yil dekabr oyidan so‘ng esa Belarus va Kaliningrad viloyati o‘rtasidagi Suvalki yo‘lagi hududida “chegara mojarosi” vujudga keladi. O‘shanda AQSH prezidentlik saylovlaridan keyingi vaqtinchalik anarxiyadan foydalanib, Rossiya Belarus ko‘magida "2014 yilgi NATO hududiga bosqinni takrorlaydi”.

Ssenariyga ko‘ra, Rossiya va NATO o‘rtasida urush 2025 yilning yozida boshlanishi mumkin. 2025 yil may oyida alyans rahbariyati cheklov choralari to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bundesverning maxfiy hujjatiga ko‘ra, “X” kuni NATO Bosh qo‘mondoni sharqiy qanotga 300 ming qo‘shin, shu jumladan 30 ming Bundesver askarini o‘tkazish to‘g‘risida buyruq beradi. Ssenariy ”X kuni” dan 30 kun o‘tib tugaydi. 

Material mualliflari bunday keskinlashuv qanday oqibatlarga olib kelishi haqida prognoz qilmagan.

Qayd etish joizki, oldinroq Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ham Ukrainadagi mojaro Germaniya o‘zini himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishi kerakligini ko‘rsatganini aytgan. 

O‘z navbatida, Germaniya vaziri va vitse-kansler Robert Xabek mamlakat hukumatini Ukraina armiyasiga G‘arb davlatlaridan qo‘llab-quvvatlashning zaiflashishi xavfi tufayli harbiy yordamni oshirishga chaqirdi. Germaniya kansleri Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil uchun mamlakat byudjetiga Kiyevga to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy yordam sifatida sakkiz milliard yevro kiritilgan.

AQSH yetakchisi Jo Bayden esa NATO Ukraina atrofidagi mojaro tufayli tahdidlarga duch kelishini aytgan. Baydenga ko‘ra, mojarodagi manfaatlar respublika doirasidan tashqariga chiqadi, chunki ular ittifoq va Yevropa xavfsizligiga ta’sir qiladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya “NATO bo‘yicha ba’zi ittifoqchilarga tahdid solmoqda”, bu esa AQSHning mojaroga aralashish xavfini oshiradi.

O‘z navbatida, NATO Bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joana Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaro uzoq davom etishini aytgan. U inqiroz 2025 yilda ham tugamasligini tan olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
122
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi

Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ

04 Jun 02:45
 
32
0
xs.uz

Pokistonda zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketdi

Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi. 2-iyun kuni 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.Shu kuni yer silkinishlari sababli Malir qamoqxonasida mahbuslarga kameralarini tark etishga ruxsat berilgan. Shu sababli, 6000 dan ortiq odam saqlanadigan qamoqxonada muammolar kelib chiqqan. Tartibsizliklardan foydalangan mahbuslar qochib ketishga muvaffaq boʻlishgan.Qochib ketgan 216 nafar mahkumlarning 80 ga yaqini allaqachon

08 Jun 02:27
 
144
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch

13 Jun 00:39
 
23
0
xs.uz

Hindistonda samolyot qulashi oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech kim tirik qolmagan — “CBS News”

Hindiston respublikasi Ahmadobod shahri hududida halokatga uchragan 'Air India' aviakompaniyasining 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti bortida boʻlgan 242 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan, deb xabar bermoqda 'CBS News' nashri.Aviahalokatga uchragan samolyot bugun, 12-iyun kuni Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin