calendar 15 Jan 14:40
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina tashabbuslari global tus olmoqda – Zelenskiy

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 14 yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Tinchlik formulasi bo‘yicha davlat rahbarlari maslahatchilarining uchrashuvi Kiyev tashabbuslari asta-sekin global tus olayotganini tasdiqlashini aytdi. Bu haqda u o‘zining kunlik videomurojaatida so‘z ochdi.

“Bugungi kunda yig‘ilishda 80 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Nafaqat Yevropa va Shimoliy Amerikadagi odatiy hamkorlarimiz, balki Lotin Amerikasi, Afrika, Osiyo va Okeaniya davlatlari ham. Men bu ishimizda ishtirok etayotgan har bir rahbar va har bir davlatdan minnatdorman. O‘z ishtiroki bilan ular yer yuzida qoidalarga asoslangan dunyo tartibini istisnosiz tiklash zarurligini tasdiqlaydi”, deydi Zelenskiy.

Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya rahbariyati” o‘zlarini zo‘ravonlik, terror, yolg‘on va shafqatsizlik orqali qandaydir yirtqich dunyo tartibini o‘rnatishga qodir, deb o‘ylaydi. 

“Aynan mana shu  qotillarning ishonchini biz hozir birgalikda kamaytirmoqdamiz. Bugun Shveysariyadagi uchrashuv Malta, Saudiya Arabistoni va Daniyadagi uchrashuvda bo‘lib o‘tgan ishlarni davom ettirmoqda. Men bo‘lib o‘tgan munozaralar bo‘yicha jamoamizdan, Ukraina jamoasidan batafsil hisobotni kutaman”, deydi u.

Shuningdek, Zelenskiy Ruminiya bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar boshlanganini qayd etgan.

“Bugun Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Ruminiya bilan muzokaralar boshlandi. Bu allaqachon to‘qqizinchi davlat bilan bunday ikki tomonlama ishlar olib borilmoqda. Bu G7 davlatlari plyus Niderlandiya, plyus Ruminiya, va yana ko‘plab davlatlar bo‘ladi”, deya ta’kidlaydi Prezident.

Ma’lumot uchun, bugun, 15 yanvar kuni Zelenskiy Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Viola Amherd bilan uchrashish uchun Bernga boradi.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevga tashrifi davomida Prezident Vladimir Zelenskiy bilan Ukraina NATOga a’zo bo‘lgunga qadar amalda bo‘ladigan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
48
0
qalampir.uz

HAMAS qo‘mondoni o‘lganiga ishonmayman – Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat qo‘shinlari tomonidan G‘azoning markaziy qismiga qilingan hujumda HAMASning yuqori darajadagi qo‘mondoni o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u kecha, 13 iyul kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. “HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf havo hujumida haqiqatan ham o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, bu Isroilga haliyam qorong‘u”, degan Bosh vazir.

11 Jul 16:25
 
70
0
qalampir.uz

Rossiya Ukraina bo‘yicha ikkinchi sammitda ham qatnashmaydi – TIV

Rossiya Ukraina va uning ittifoqchilari tomonidan tayyorlanayotgan ikkinchi xalqaro tinchlik sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin RIA Novosti  bilan suhbatda ma’lum qildi. “Biz Kiyev rejimi va uning g‘arbiy kuratorlari joriy yilning iyun oyi o‘rtalarida Shveysariyaning Byurgenstok shahrida bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsiz “tinchlik sammiti” uchun “o‘zlarini qayta tiklash” va shunga o‘xsha

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. "Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shin

15 Jul 12:02
 
59
0
qalampir.uz

Isroilning G‘azoga qilgan hujumida HAMASning yana bir qo‘mondoni halok bo‘ldi (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga qilgan hujumlari oqibatida HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salama halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.    G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 71 kishi halok bo‘lgan, 280 dan ortiq kishi jarohatlangan. G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumdan maqsad HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyfni nishonga olish bo‘lgani ayt