calendar 15 Jan 10:50
eye 101
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Frederik X rasman Daniya qiroli bo‘ldi (foto)

image

Frederik X 52 yil hukmronlik qilgan onasi qirolicha Margrete II taxtdan voz kechganidan keyin Daniya qiroli bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning DR telekanali xabar berdi. 

Kecha, 14 yanvar kuni qirollik Kristiansborg qasrida vazirlar yig‘ilishida 83 yoshli qirolicha Margerete II taxtdan voz kechgan.

Shunday qilib, uning 55 yoshli o‘g‘li Frederik X Daniya qiroli bo‘ldi. Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen qal’a balkonida yangi hukmdorni e’lon qilgan.

Telekanalning qayd etishicha, qirollikdagi hukmdorni almashtirish uchun bitta imzo yetarli.

Taxtdan voz kechish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan Margaret II Davlat Kengashi a’zoligidan iste’foga chiqqan va raislik lavozimini yangi qirolga topshirgan.

O‘z navbatida valiahd shahzoda Kristian kengashga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Margrete II kutilmaganda 2023 yil 31 dekabrda o‘zining yangi yil murojaatida taxtdan voz kechishini e’lon qildi. Bu uning hukmronligidan 52 yil o‘tgach sodir bo‘ladi.

Uning ketishi bilan Daniya Qirollik uyi ko‘p avlodlar davomida amal qilib kelgan taxtda umrbod bo‘lish an’anasini buzdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
47
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘

29 Jul 10:35
 
63
0
qalampir.uz

Turkiya Liviya va Qorabog‘ga kirgani kabi Isroilga ham kirishi mumkin – Erdo‘g‘an

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya bir paytlar Qorabog‘ va Liviyaga kirganidek, Isroilga ham kirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 28 iyul kuni Rizo viloyatidagi hukmron partiya qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘z ochdi.   Erdo‘g‘an, birinchi navbatda, Turkiya mudofaa sanoati yutuqlarini qayd etgan, ammo uning fikricha, agar ular muhimroq bo‘lganida, Isroil “Falastinga qilgan ishni qilmagan bo‘lardi”. Turkiya yetakchisi Isroilga kirma

11 Aug 03:44
 
19
0
xs.uz

Ukrainaning Rossiyaga zarbasi va Isroilning yerosti kasalxonasi shaylantirilmoqda (+video)

Isroil moliya vaziri Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish 'adolatli va axloqiy' ish ekanligini bildirdiIsroil moliya vaziri Bezalel Smotrich Gʻazo haqidagi soʻnggi izohlari uchun xalqaro tanqidga uchradi. Smotrich HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish 'adolatli va axloqiy' boʻlishini bildirgan.Isroil rasmiysining soʻzlari Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Buyuk Britaniyaning noroziligiga sabab boʻldi va ular Isroil hukumatini Moliy

12 Jul 22:39
 
141
0
qalampir.uz

Yaponiya NATO bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

Yaponiya NATO bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda. Bu haqda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Vashingtonda alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi. Yaponiya dengiz mudofaasi kuchlari Yevroatlantika mintaqasida NATO qo‘shinlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Kisida Yaponiya va NATO "maxfiy razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha" hamkorlikni faollashtirayotganini ta’kid