calendar 14 Jan 11:20
eye 73
comments 0
comments Manba: postda.uz

FAQAT OLDINGA INTILISH KERAK

image


Iqboljon Kuylanov ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2007-yilda Andijon viloyati IIB PPX va JTSB kinologiya xizmatida kichik inspektor-kinologi sifatida boshlagan.

2019-yilda Andijon viloyati IIB nazorat-oʻtkazish punktining safdor xodimi etib tayinlandi. Shundan buyon xoʻjalik boʻlimi va moddiy taʼminlash xizmati qoʻriqlash guruhining safdor xodimi, kichik serjant Iqboljon Kuylanov nazorat-oʻtkazish punktida xizmat qilmoqda. Uning vazifalariga xizmat guvohnomalarini tekshirish, vaqtinchalik ruxsatnomalar berish va atrofdagi hududni qattiq nazorat qilish kiradi.

Xizmat yillari davomida u bir qancha munosib shogirdlarni tarbiyaladi.

– Xizmatda asosiysi alohida eʼtibor, intizom va masʼuliyat, – deydi kichik serjant I. Kuylanov.– Xodimlarni obyekt ish tartibiga muvofiq nazorat-oʻtkazish punkti orqali belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi bilan obyekt hududiga kiritish va chiqarish kerak. Taqdim etilgan hujjatning barcha elementlarini diqqat bilan tekshirish lozim.

Men oʻz ishimni yaxshi kuraman. Doimo oldinga intilishga va kasbiy mahoratimni oshirishga harakat qilaman.

Boris KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
40
0
xs.uz

Toshkentda 1,6 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda tumandagi 'K.Ch.' va 'B.' mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi 'A.K.' MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi masʼul shaxslari 2022-yildan 2024-yil iyulga qadar aholidan yigʻilgan jami

17 Jul 03:40
 
106
0
xs.uz

Oʻzbekistonning qaysi hududidan koʻproq ipoteka krediti olingani maʼlum qilindi

Qayd etilishicha, yanvar'iyun oylarida Oʻzbekiston aholisiga 6,88 trillion soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Bunda respublikada jami 23 ming 201 nafar fuqaro banklardan foizli qarz olgan boʻlib, ularning 16,9 nafari erkaklar (4 trillion 32 milliard soʻm), 9,2 ming nafari xotin'qizlar (2,4 trillion soʻm) hissasiga toʻgʻri kelgan.Ipoteka kreditlarining 61 foizi birlamchi bozordagi uylarga, 39 foizi ikkilamchi bozordagi uylarga ajratilgan. Foizli qarzlarning 70 foizini 31'50 yosh

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,76 soʻmga pastladi va 12 584,28 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 39,74 soʻmga tushib, 13 676,60 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0, 56 soʻmga koʻtarilib, 144,38 soʻmni tashkil qildi.

17 Jul 14:05
 
104
0
xs.uz

Yerlar tadbirkorlarga 30-yilga ijaraga beriladi — Shavkat Mirziyoyev sanoatlashgan bogʻlar tashkil qilish haqida

Unda prezident eksportni koʻpaytirish uchun yangi urugʻ navlarini oʻzimizda yaratishimiz kerakligini taʼkidladi.Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Xitoy va Turkiya tajribasi asosida qishloq xoʻjaligida urugʻchilik tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqib, ekinlar gen bankini kengaytirish choralarini ishlab chiqish topshirildi. Ushbu ishlarga 24 million dollar mablagʻ yoʻnaltiriladi.Shuningdek, tumanlarda 75 ming gektar samarasiz bogʻlar borligi, har yili 1 ming gektardan bogʻni tiklash zarurl